Toshpoʻlat Arslonqulov
Toshpoʻlat Arslonqulov (1882 — Toshkent — 1962.9.5) — ganchkoru-sta. Oʻzbekiston xalq rassomi (1944). Oʻymakorlikni otasidan oʻrgangan. A. choka pardoz usulida naqshlar oʻyishda va bezaklarga handasiy „zanjira“ shakllarini berishdagi mahorati bilan shuhrat qozongan. 1952-yildan P. Benkov nomida-gi Respublika rassomlik bilim yurtida daryo bergan. Buxoro va Toshkent oʻymakor ustalari bilan birga yevropa uslubida ku-rilgan Polovsev uyi (hozirgi Oʻzbekiston amaliy sanʼat muzeyi binosi)ni mil-liy oʻyma naqshlar bilan bezashda ishtirok etdi. A. hozirgi A. Hidoyatov nomidagi teatr (1929), Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Navoiy muzeyi (1939), Navoiy kutubxonasi binolarini, Navoiy teatri binosini (1946) bezashda qatnashdi. Navoiy teatrining tomosha zali, foye va boshqalardagi u ishlagan „maj-nuntol“, palak usulidagi bezaklar, rang-barang mujassamotlar binoning ichki koʻrinishiga alohida joziba baxsh etadi. U yaratgan goʻzal naqshlar, sharafalar, har xil bezaklar turli koʻrgazmalarda namoyish qilindi. Koʻp asarlari Oʻzbekiston davlat sanʼat muzeyida, shuningdek Moskva, Sankt-Peterburg va boshqa shaharlardagi muzeylarda saqlanmoqda.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |