Tovon toʻlash
Tovon toʻlash — fuqaroning xayoti, sogʻligʻi yoki molmulkiga yetkazilgan moddiy ziyonni yoxud uning oʻziga yetkazilgan maʼnaviy zararnnnt oʻrnini qoplash. Tovon toʻlash va zararin qoplash iboralari Oʻzbekiston Respublikasi FKda deyarli bir xil maʼnoda qoʻllanadi. Ayni vaqtda shuni ham eʼtirof etish lozimki, zararni qoplash tushunchasi tovon toʻlash tushunchasidan kengrokdir. FKning 1033moddasida zararning oʻrnini qoplash zararni aslicha (natura shaklida) qoplash (yaʼni, zararlangan, shikastlangan ashyo oʻrniga xuddi oʻshanday turdagi va sifatdagi ashyoni takdim etish, shikastlangan ashyoni tuzatib berish va hokazo) yoxud yetkazilgan zararni toʻlash (pul bilan) koʻrinishida boʻlishi mumkinligi koʻrsatilgan. Tovon toʻlash kontributsiya maʼnosida ham ishlatiladi (yaʼni, oʻzaro urushda magʻlub davlatning gʻolib davlatga Tovon toʻlash i). Baʼzi adabiyotlarda Tovon toʻlash yetkazilgan zarar miqdorini, hajmini oʻlchash imkoni boʻlmaganda sud tomonidan belgilangan yoxud jabrlanuvchi va huquqbuzar oʻrtasida kelishuv asosida tayinlanadigan, huquqbuzar tomonidan jabrlanuvchiga toʻlanadigan toʻlov maʼnosida ham qoʻllanadi. Tovon toʻlash miqdorini belgilash, oʻzgartirish usullari, mezonlari, toʻlovni amalga oshirish tartibi FKning 57bobi ("Zarar yetkazishdan kelib chikadigan majburiyatlarni tartibga soluvchi normalar")da belgilab qoʻyilgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |