Kontent qismiga oʻtish

Tovush tezligi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Tovush tezligi - tovush toʻlqinining belgilangan biror fazasining tarqalish tezligi. Tovush tezligi muayyan tashqi sharoitda mazkur modda uchun oʻzgarmas boʻlib, toʻlqinning chastotasi va amplitudasiga bogʻliq emas. Gazlarda temperatura va bosim ortishi bilan Tovush tezligi ortadi, suyukliklarda (suvdan tashqari) esa temperatura ortishi bilan, yaʼni suyultirilganda Tovush tezligi kamayadi. Suvda temperatura oshishi (74° gacha) bilan Tovush tezligi ham ortadi. temperatura bundan yuqoriga koʻtarilgan sari Tovush tezligi kamaya boradi.

Gaz va suyuqlik aralashmalarida Tovush tezligi undagi komponentlarning konsentratsiyasiga bogʻliq. Izotrop qattiq jismlarda Tovush tezligi moddaning zichligi va elastiklik moduli bilan aniqlanadi. Tovush tezligi qattiq jismlarda suyukliklardagidan, suyuqliklarda esa gazlardagidan katga. Mas., Tovush tezligi 20° da havoda 331 m/s ga, suvda 1450 m/s ga, poʻlatda 5000 m/s ga teng.