Toymas mahallasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Toymas MFY

Toymas MFY
Toymas mahalla
Skyline of Toymas MFY
Mamlakat O'zbekiston
Hukumat
Konfessiyaviy tarkib Musulmonlar,
Etnoxoronim Chustlik,olmoslik
Vaqt mintaqasi UTC+5, yozda UTC+6
Telefon kodi +998 71
Pochta indeks(lar)i 130100 — 130117
Avtomobil kodi 50

Toymas mahallasi – Namangan viloyati Chust tumanida joylashgan mahalla.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Toymas mahallasining tarixiy qadamjolariga toʻxtaladigan boʻlsak, eng qadimiy masjidi Eshon so’fi bobo masjidi hisoblanadi. Bu masjidga XVIII asrning birinchi yarmida asos solinganligini, keyinroq qayta qurilganligini odamlar gapirishadi.

Bu masjid yoshlarga diniy talim – tarbiya beruvchi, qishloqning boshqa joylariga xam ilmli kishilarni yetkizib beruvchi madrasa vazifasini oʻtagan . Masalan: Bozorboshida Mirza Xasan maxdum , Toymasda Orifxoʻja Eshon , Birlikda Boxonov Patillaxon qori singari ilimli kishilar shu masjidda taxsil olgan .G’ortepa yodgorligi xozirgi kunda Zokirov Toʻxtanazar ota hovlisi hududida joylashgan. Gʻorning ichida bitta qabr bor. Uning atrofi hom gʻishtlar bilan oʻralgan . Xozirgi kunda gʻor choʻkib ogʻzi yopilib qolgan. Oldinlari uning ichiga 40 ta atrofida odam sigʻgan .Gʻortepa xam Olmossoyning oʻng qirgʻogʻda joylashgan.

Suv borki xayot bor,Olmos qishlogʻida qadimiy manzilgohlarining paydo boʻlishida, Olmossoyning ahamyati kattadir. Olmos tarixini kengroq yoritishda yozma manbalar yetishmaydi, shuning uchun arxeologik qazishma ishlarini oʻtkazish asosiy vazifadir. Olmos qishlog’ida arxeologik qazishmalar oʻtkazadigan xududlar mavjud. Shuningdek, ushbu hududda 2700 yillik tarixga ega qadim chinor daraxti boʻy choʻzib turibdi.

Geografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Toymas mahallasi Chust tumanining dengiz sathidan 1000–1200 m yuqori qismida joylashgan. Namangan shahridan 41.3 km uzoq[1]. Shahar Fargʻona vodiysining shimoliy burchagida Olmossoy boʻyida joylashgan[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Chust“. Google Maps. Qaraldi: 2015-yil 21-yanvar.
  2. Нажмиддин Файзиддин ўғли Мухаммад Хаким Жўрахон Мухаммад Хофиз ўғли ., Нажмиддин. Toymas mahallasi, 1995 йил., Чуст: Чуст Оммабоп тарихий- етнографик очерк- Тошкент, 1995 йил. — Б 55. bet. 

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]