Kontent qismiga oʻtish

Transformerlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Franshiza logo, 2014-bugun

Transformerlar (yaponcha: トランスフォーマー) — Takara Tomy nomli Yaponiya oʻyinchoq ishlab chiqaruvchi shirkati hamda Hasbro nomli AQSh oʻyinchoq shirkati tomonidan ishlab chiqilgan yapon-amerika media franshizasi. Transformerlar, yaʼni, Autobotlar va Decepticonlar bir-biri bilan doimo kurashadi. Shuningdek, Transformerlar superqahramon robot holida tasvirlanib, ular haqida bir nechta videooʻyinlar, live-action va animatsion filmlar ishlangan.

Jonli-harakatli filmlar (2007-bugun)

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2007-yilda rejissor Michael Bay va produser Steven Spielberg tomonidan Transformerlar franshizasining birinchi qismi boʻlgan Transformerlar filmi ishlandi. Filmda bosh rollarni Shia LaBeouf, Josh Duhamel, Megan Fox va Tyrese Gibson kabi film yulduzlari jonlantirdi. Ushbu film $709 millionga teng daromadi boʻyicha dunyo miqyosida qirq beshinchi va 2007-yil miqyosida beshinchi oʻrinni egalladi. Shuningdek, film sikveli boʻlgan Transformerlar: Razillar Qasosi filmi premyerasi 24-iyun, 2009-yilda boʻlib oʻtdi. Uchinchi film, yaʼni Transformerlar: Oydagi Pinhon Sirlar filmi premyerasi 29-iyun, 2011-yilda boʻlib oʻtdi va film teatrlarda 3-D formatida namoyish qilindi. Daromadi $1 milliarddan oshdi. Toʻrtinchi film boʻlgan Transformerlar: Qirgʻinbarot Davri kartinasi premyerasi 27-iyun, 2014-yilda boʻlib oʻtdi va ushbu filmning daromadi ham uchinchi film kabi $1 milliarddan oshdi. Va nihoyat, Transformerlar franshizasining beshinchi filmi boʻlgan Transformerlar: Soʻnggi Ritsar kartinasining premyerasi 24-iyun, 2018-yilda boʻlib oʻtdi. Shuningdek, birinchi film prikveli boʻlgan Bumblebee filmining premyerasi 21-dekabr 2018-yilda boʻlib oʻtdi.

Transformers: Animated (2007-2010)

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Transformers: Animated nomli animatsion serial 2007-yilda Amerika Qoʻshma Shtatlarining Cartoon Network telekanali orqali efirga uzatildi. Ushbu animatsion serial Transformers: Heroes nomli animatsion serial 2007-yilda tugaganidan soʻng, namoyish qilindi. Serial voqealariga koʻra, 2050-yilda Detroitda, robotlar va odamlar yonma-yon yashash turmush tarzi oʻrnatiladi. Autobotʼlar Yerga qaytib keladi va Megerton paydo boʻlmaguncha, Decepticonʼlar bilan yomon odamlarga qarshi kurash olib boradigan superqahramonlar rolini bajaradi. Asosiy qahramonlar: Autobotlar Optimus Prime, Bumblebee, Bulkhead, Prowler va Ratchchet; Decepticonlar Megatron, Starscream, Blitzving, Lugnut va Blackarachnia; hamda professor Sumdak va Sari Sumdak’larning vakillari. Shuningdek, ovoz bergan artistlar Corey Burton, John Moschitta, Jr., Susan Blu va Judd Nelson.