Transkaspiy kanali

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Transkaspiy kanali (ruscha: Транскаспийский канал) — Amudaryoni Orol dengizidan Kaspiy dengiziga burish uchun taklif qilingan kanal. Chor Rossiyasi muhandislari tomonidan taklif qilingan va sovet amaldorlari tomonidan koʻrib chiqilgan. Amaldorlar Amudaryoni eski quyulishiga qaytarish haqida qonunga imzo chekkanlar.

20-asr boshlarida bu kabiqancha shunga oʻxshash takliflar, jumladan, Qozogʻistonni Qora dengiz bilan bogʻlash uchun „Qozogʻiston-Turkiston kanali“ni qurish boʻyicha takliflar ilgari surilgan[1]. Loyihalar 1920-yillarning oxirlarida, yirik gidravlik loyihalarni tanqid qilish avj olganidan soʻng jiddiy koʻrib chiqilmagan[2]. 1928-yilda Oʻrta Osiyoda faoliyat yuritgan oʻndan ortiq muhandislar gidrotexnikalar sugʻorish tizimini notoʻgʻri boshqarganliklari va “qasddan amalga oshirib boʻlmas darajada yirik loyihalarni ishlab chiqganliklari” uchun sudga tortildilar[3].

Takliflar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rossiyaning Oʻrta Osiyoni bosib olishi ortidan Kaspiy kanalini qurish boʻyicha koʻplab takliflar ilgari surildi. Loyihani qoʻllab-quvvatlaganlarning asosiy qismi sharqona qarashlarga ega va bu “Xorazm vohasini madaniy hayotga qaytarishiga” ishonishgan[4].

Gluxovskiyning taklifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dastlabki takliflar orasida 1868-yilda Aleksandr Gluxovskiy tomonidan taqdim etilgan takliflar ham bor edi[5]. Uning fikri boʻyicha, bunday kanal Volga boʻylab suzib yurgan kemalarni Buxoro orqali Toshkentga yetib borish imkonini beradi. Gluxovskiyning koʻplab dastlabki hisobotlari va takliflari Rossiyada fuqarolar urushi va 1924-yilgi toshqin paytida unutilgan[1]. 1925-yilning iyun oyida Davlat reja qoʻmitasining suv boʻlimi loyihani muhokama qildi. Koʻrib chiqilayotgan rejalar orasida 1893-yilda Gluxovskiy tomonidan tuzilgan reja ham bor edi[1].

Rizenkampfning taklifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rizenkampf (1886–1943) Transkaspiy kanali qurilishining ashaddiy tarafdorlaridan biri edi.

Oktyabr inqilobidan keyin Georgiy Rizenkampf (nemischa: Georgi Riesenkampff)) Afgʻonistondagi Amudaryoning yuqori oqimidan Turkmanistondagi Qoraqum choʻli orqali Kaspiy dengizigacha choʻzilgan 1600 km (1500 versta) kanal qurishni taklif qildi[6]. Rizenkampf oʻzining 1921-yilda chop etilgan "Trans-Kaspiiskiy kanal (Problema orosheniia Zakaspiia)" (ruscha: Транс-Каспийский канал (Проблема орошения Закаспия)) nomli kitobida bu kanal paxta yetishtirishga yordam beradi, deb taʼkidlagan. U kanal mintaqada paxta yetishtirishga ulkan hissa qoʻshishi va u „Transkaspiyda hayotning tayanch nuqtasi“ boʻlishini bashorat qilgan[1].

Tanqid[tahrir | manbasini tahrirlash]

1920-yillarning oxiriga kelib, Oʻrta Osiyoda suvni quyulishini oʻzgartirish boʻyicha yirik loyihalar ommaviy axborot vositalarida keng qamrovda tanqid qilina boshlandi. 1928-yil fevral va mart oylarida Toshkentda Oʻrta Osiyoda ishlagan 23 nafar gidrotexnik va suv xoʻjaligi xodimlari, jumladan, Kaspiy kanali qurishni taklif qilganlar sud qilindi. Oʻsha paytda The Times gazetasi „Yaqingacha Moskva hukumati bu „fantastik loyihalar“ bilan maqtanardi, ammo endi mahalliy aholini tinchlantirish uchun ularga aybdor hodimlar kerak boʻladi“, deb yozgan edi[3]. Uning maqsadi „sovet muvaffaqiyatsizliklaridan chalgʻitish va aybni hodimlarga toʻnkarish“ edi[7].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Snoskalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 Peterson 2019, s. 257.
  2. Peterson 2019, s. 261.
  3. 3,0 3,1 Trial of Soviet Officials: Charges of corruption in Central Asia. The Times (1928-yil 8-fevral), s. 13.
  4. Peterson 2019, s. 256-257.
  5. Peterson 2019, s. 39.
  6. Qodirov 2011, s. 34-35.
  7. Peterson 2019, s. 260.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]