Transkripsiya
Transkripsiya (transcriptio koʻchirib yozish) — yozuvning nutq tovushlari talaffuzini aniq ifodalash uchun ishlatiladigan sunʼiy (shartli) turi; nutq boʻlaklari (tovush, boʻgʻin, soʻz)ning tovushiy sifatlarini yozuvda aniq aks ettirish usuli. Transkripiya eng avvalo, 2 ga boʻlinadi: ilmiy transkripsiya va amaliy transkripiya. Ilmiy transkripsiya ma'no turi oʻz xususiyatiga koʻra, fonetik va fonematik transkripsiyalarga boʻlinadi. Fonetik transkripsiya ogʻzaki nutq (talaffuz)ni barcha xususiyatlari bilan yozuvda aniq aks ettirishni koʻzda tutadi va xorijiy tillar (masalan, ingliz tili) lugʻatlarida, til darsliklari va notiqlik qoʻllanmalarida, jonli tilni yozib olishda (dialektologik yozuvlar, fonetika darsliklari va boshqalar) qoʻllanadi. Fonetik transkripsiyaning asosiy prinsipi shundaki, talaffuz etilgan har bir tovush yozuvda alohida qayd etilishi kerak. Fonetik transkripsiya amaldagi biror alifbo asosida, unga nutq aʼzolaridagi ayrim artikulyatsiyalarni aks ettiruvchi ostust belgilari yoki ixtiyoriy oʻylab topilgan belgilar tizimini qoʻshish bilan yaratiladi. Mas., oʻzbek shevalarini oʻrganish maqsadidagi dialektologik yozuvlarda amaldagi alifboda boʻlmagan e o 9 (til oldi a), Oʻ, ʼ (i ning variantlari), o, q (oʻ ning variantlari) va boshqa belgi (harf)larning qoʻllanishi. Universal transkripsiya sifatida Xalqaro fonetik uyushma — IPA (International Phonetic Association) tomonidan 1886-yilda lotin grafikasi asosida yaratilgan va doimo takomillashtirib boriladigan xalqaro fonetik alifbo qoʻllanadi.
Fonematik transkripsiya har bir soʻzni fonema tarkibiga koʻra aks ettiradi, bunda kucheiz pozitsiyalarda paydo boʻladigan variantlar aks ettirilmaydi. Ushbu transkripsiyaning prinsipiga koʻra, har bir fonema, pozitsiyasidan qatʼi nazar, doimo ayni bir belgi bilan aks ettiriladi. Fonematik transkripsiyadafonetik transkripsiyaga qaraganda kamroq belgi ishlatiladi, chunki fonemalar miqdori doimo variantlar miqdoridan kam boʻladi.
Amaliy transkripsiya muayyan milliy alifbo vositalari orqali boshqa tillardagi atokli otlar, terminlar, maxsus nomlar va shu kabi tarjima qilinmaydigan soʻzlarni aks ettiradi va shu yoʻl bilan ularni qabul qiluvchi tilning bosma matnlariga kiritadi. Amaliy transkripsiya qabul qiluvchi til alifbosidagi belgilar chegarasidan chiqmaydi, lekin belgilarning ayrim gʻayriodatiy qoʻllanishlariga yoʻl qoʻyadi. Amaliy transkripsiyaga qoʻyiladigan asosiy talablardan biri qabul qilinayotgan birlikning talaffuzini imkon qadar aniq saqlab qolishdir. Shu bilan birga, amaliy transkripsiya soʻzning morfem tuzilishini, uning grafik xususiyatlari va boshqa ni saqlab qolishi hamda muayyan soʻzning oson oʻzlashishini taʼminlashi kerak.
Turkalogiyada ikki xil transkripsiya qabul qilingan. Biri kiril alifbosi negizidagi, ikkinchisi esa lotin alifbosi negizidagi.So’ngi chog’larda hatto rus turkalogiyasida ham lotin yozuvi asosidagi transkripsiya keng ishlatilmoqda.
Matnni transkripsiyaga o’girishda avvalo asarning fonetik xususiyatlarini,asarning tovishlar tizimini yaxshi bilmoq kerak.
Hozirgi o’zbek adabiy tilidagi [a] unlisi o’rnida yozma yodgorliklar tilidagi ikki fanema qo’llangan:yo’g’on talaffuzli so’zlar orqa qator [a], ingichka talaffuzli so’zlarda esa old qator [a] ishlatilgan. Bularning har ikkovi ma’no farqlash xususiyatiga ega.Masalan ilk o’rta asrlar manbalarida ab-,,ov’’ ingichka unli bilan talaffuz qilinsa uy so’zi anglashiladi.Yoki at-ot(yilqi) yoki ,,ism’’ ingichka at esa ,,go’sht’’ degan ma’noni anglatadi.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Superanskaya A. V., Teoreticheskiye osnovi prakticheskoy transkripsii, M., 1978; Reformatskiy A. A., Vvedeniye v yazikovedeniye, M., 1998.
- Matnshunoslik va manbashunoslik Sodiqov Q. Toshkent 2017
Ibodulla Mirzayev.
Ibrohimova Risolat TDShU
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |