Trassa
Trassa (nem. trasse — liniya, yoʻl yoʻnalishi) — 1) uzok, masofaga choʻzilgan qatnov yoʻli yoki yoʻl, kanal, elektr uzatish yoki aloqa liniyasi, kuvur va boshqa juda uzun inshootning boʻylama oʻqini bildiruvchi chiziq. T.ni loyihalash — trassalash deb ataladi. Trassalashda yoʻldagi toʻsikGʻiap, joyning oʻziga xos geologik va gidrologik xususiyatlari va boshqa omillar hisobga olinadi. T.ni iloji boricha toʻgʻri oʻtkazishga harakat qilinadi; 2) transport samolyotlarining muayyan punktlar orasida muntazam uchishi uchun moʻljallab tasdiklangan marshrut. Samolyotlarning T.da xavfxatarsiz uchishini taʼminlash uchun yerda zarur jihozlar va aeroportlar boʻlishi lozim; 3) oʻq va snaryadning havoda uchish yoʻnalishi. Oʻq va snaryadning T. boʻylab uchishi koʻrinib turishi uchun pirotexnika tarkibi deb ataladigan maxsus moddalar (mas., magniy, metall nitrata, sunʼiy smola va boshqa aralashmasi) dan foydalaniladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |