Kontent qismiga oʻtish

Travma

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Travma (yun. trauma — shikayet) — tashqi muhit taʼsirida organizm toʻqimalari va organlar faoliyatining buzilishi. Shikastlovchi omillarga koʻra mexanik, kimyoviy, elektrik, termik, shuningdek, psixik T. boʻladi. Shikastlovchi omilning taʼsir etish vaqtiga koʻra, oʻtkir va surunkali T.; T.ga sabab boʻlgan hodisa va shartsharoitga asosan, ishlab chiqarish., sport, turmush, koʻcha, transport va boshqa travmalariga ajratiladi.

Oʻtkir T.da organizmdagi biror organ yoki toʻqima (turli darajada) shikastlanadi; ogʻirroq hollarda travmatik shok, hatto oʻlim roʻy beradi. Surunkali T. organizmga tashqi muhitning astasekin uzoq vaqt zararli (mas., vibratsiya, ishqalanish, bosim va boshqalar) taʼsir etishidan kelib chiqadi. Mexanik T.da ochiq va yopiq suyak sinishi, miya silkinishi, suyak chikishi, ichki aʼzolarning yorilishi, miya, yurak, oʻpka, qorin boʻshligʻi aʼzolari shikastlanishi, ezilishi,uzilishi mumkin. Bunda qon ketishi, shish, yalligʻlanish, nekroz — toʻqimaning oʻlishi kabilar yuz berishi mumkin. Termik T.da organizm toʻqimasi yuqori tra (kuyish) va past tra (sovuq olishi) taʼsirida zararlanadi. Kimyoviy T. toʻqimaning turli kimyoviy moddalar (kislota, ishqor va boshqalar) taʼsirida kuyishidan paydo boʻladi. Psixik T. koʻpincha toʻsatdan roʻy beradigan ogʻir ruhiy taʼsirotlar, kuchli hayajon, baxtsiz hodisalardan gʻam chekish (qattiq qoʻrqish, vaqima, asab buzilishi) oqibatida kelib chikali; bunda hushdan ketish, uzoq vaqt asabning buzilishi — nevrozlar, depressiya ham vujudga kelishi mumkin.

Bemorga oʻz vaqtida birinchi tibbiy yordam berish bilan T. asoratlarining oldini olish mumkin (yana qarang Travmatizm).