Kontent qismiga oʻtish

Trematodozlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Trematodozlar — odam va hayvonlarda uchraydigan gijja kasalligi; gelmintlarsan trematodalar qoʻzgʻatadi. Koʻzgʻatuvchilar odamning jigari, meʼda osti bezi, ichagi, oʻpkasi, qonida parazitlik qiladi va shu aʼzolar faoliyatini buzadi. T.ning ayrim turi, mas., fassiolyoz koʻproq kuzatiladi. Gijjalar odam va hayvon (asosiy xoʻjayin) organizmiga suv orqali oʻtadi. Boshqa xil trematodalarning (opistorxoz, klonorxoz, metagonimoz, nanofietoz va boshqalar) lichinkalari oraliq xoʻjayindan tashqari, baliq, qisqichbaqa, chumoli va hokazo qoʻshimcha xoʻjayinlar organizmida gʻam yetiladi. Sogʻlom kishilarga esa bu gijjalar lichinkasi xom taomlar yoki yangi tuzlangan baliq va qisqichbaqa orqali oʻtadi. T.da bemor isitmalaidi, ishtahasi yoʻqolib, koʻngli ayniydi, qusadi, jigʻildoni qaynaydi. Qorni sanchib ofib, qabziyat roʻy beradi yoki ichi ketadi. Bemor T. turiga qarab davolanadi. Oldini olish uchun tashqi muhitni ifloslantirmaslik, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish, goʻsht mahsulotlarini yetarli pishirib isteʼmol qilish zarur.