Kontent qismiga oʻtish

Trepanatsiya

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Trepanatsiya (yun. trypanon — parma, trepan) — suyak boʻshligʻini teshib ochish operatsiyasi. Dastlab miyadagi oʻsma yoki gematomalarni olib tashlash maqsadida kalla suyaklari trepanatsiya qilingan. Hozirgi tibbiyot amaliyotida kalla suyaklari trepanatsiyasi bilan birga osteomiyelita naysimon suyaklar, mastoiditsa chakka suyagining soʻrgʻichsimon oʻsimtasi trepanatsiya qilinadi. Tish boʻshligʻini ochish, koʻz oqi operatsiyasi, shuningdek, koʻmikdan tekshirish uchun olish (trepanobiopsiya) ham trepanatsiya deb yuritiladi.