Kontent qismiga oʻtish

Tripofobiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Lotus seed head
Lotus urugʻining boshlaridagi teshiklar baʼzi odamlarda noqulaylik yoki jirkanish hislarini keltirib chiqaradi[1][2]

Tripofobiya shunindek trypophobia nomi bilan tanilgan — bu noodatiy naqshlar yoki kichik teshikchalar yoki boʻrtmalarni koʻrganda jirkanish yoxud qoʻrquv hissi uygʻonishiga aytiladi[3][4]. Bu ruhiy kasallik sifatida rasman tan olinmagan, lekin agar haddan tashqari qoʻrquv paydo boʻlsa, kasallik sifatida ham tashxis qoʻyilishi mumkin[1][3]. Koʻpchilik taʼsirchan odamlarda, asosan, tripofob tasvirlarni koʻrganlarida jirkanish hissi uygʻonadi[3]. Tripofoblarning kam qismi bir xil darajada qorquvni boshdan kechirishadi, koʻpchilik esa asosan jirkanishni boshdan oʻtkazishadi [3].

Tripofobiyani ilmiy tushunish cheklangan[3]. Tripofobiya boʻyicha bir nechta tadqiqotlar oʻtkazilgan boʻlsa-da, tadqiqotchilar bu tripofob shakllarni xavf yoki kasallik bilan bogʻlaydigan biologik revulsiya natijasidir va shuning uchun evolyutsion asosga ega boʻlishi mumkin, deb taxmin qilishadi[1][3]. Ekspozitsion terapiya mumkin boʻlgan davolanish yoʻlidir[1].

Tripofobiya atamasi 2005-yilda onlayn forum ishtirokchisi tomonidan kiritilgan[5]. Oʻshandan beri ijtimoiy tarmoqlarda mashhur mavzuga aylandi[6].

Tripofobiya ruhiy kasallik sifatida tan olinmaydi va shuning uchun Amerika Psixiatriya Assotsiatsiyasining Beshinchi nashri (DSM-5) da alohida tashxis sifatida kiritilmagan. Biroq, agar u haddan tashqari, doimiy va jiddiy qoʻrquvni oʻz ichiga olsa, fobiyaning alohida toifasiga kirishi mumkin[1].

Tripofobiyani fobiya sifatida aniq taʼriflash imkoni yoʻq boʻlsada, odamda asosan qoʻrquv yoki jirkanish bilan bogʻliq hislarni uygʻotadi . Fobiya qoʻrquvni oʻz ichiga olganligi sababli, faqat jirkanchlikka asoslangan tripofobik jarayon ushbu fobiyani kasallik sirasiga kirishiga yoʻl qoʻymaydi[3]. Bir tadqiqotda, tripofobiya bilan ogʻrigan ishtirokchilarning koʻpchiligi DSM-5 maʼlum bir fobiya mezonlariga javob berishdi, garchi ular teshikchalar tasvirini koʻrsatishda qoʻrquv oʻrniga jirkanishni boshdan kechirishgan[3].

(Pipa pipa) Grant zoologiya muzeyida, London, Angliya.

Tripofobiya koʻpincha Vegetativ nerv sistemasining qarshi reaksiyasi orqali namoyon boʻladi[3]. Tripofobik reaksiyani keltirib chiqaradigan shakllarga meva va pufakchalar kabi zararsiz kontekstlarda va xavf bilan bogʻliq boʻlgan predmetlarda, masalan, hasharotlar tomonidan ochilgan teshiklar va yaralar va kasal toʻqimalardagi teshiklar, xususan, hayvonlarda mango chivinlari keltirib chiqaradigan teshiklar kiradi. Bu shakllarni koʻrib, baʼzi odamlar titraganini, teridagi oʻzgerishni, vahimaga tushishni, terlashini, yurak urishini yoki koʻngil aynish yoki qichishishni his qilishlarini aytishdi[1][7]. Boshqa xabar qilingan alomatlar orasida tanadagi silkinishlar, noqulaylik hissi va koʻzning charchoqlari, buzilishlar yoki illyuziyalar kabi vizual noqulaylik kiradi[3][8].

Tripofobiya qoʻrquv, jirkanish yoki ikkalasining reaksiyasi sifatida namoyon boʻlishi mumkin[3]. Tripofobiya bilan ogʻrigan odamlarda jirkanish hissi kuchliroqdir[3].

Tripofobiya uchun maʼlum davolash usullari mavjud emas, ammo fobiyalarni davolashda qoʻllaniladigan ekspozitsion terapiya samarali davolash boʻlishi mumkin[1].

Bemorning tovoni chuqurchalarda lichinkalar guruhlari va ularning qora kaudal uchlari bilan.

Epidemiologiya

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tripofobiya qay darajada taʼsir etishi nomalum[1], ammo mavjud maʼlumotlar shuni koʻrsatadiki, tripofobik tasvirlardan jirkanish nisbatan keng tarqalgan[1][2][3]. 2013-yilda oʻtkazilgan tadqiqotda 286 ishtirokchidan iborat koʻngillini 16 foizi lotus urugʻi poʻchogʻi tasviri taqdim etilganda noqulaylikni yoki jirkanishni his qilganlar va ulardan tashqari tripofob boʻlmagan shaxslar ham koʻrish paytida koʻproq jirkanishni his qilishini aniqlaganlar. Neytral tasvirlarni koʻrishdan koʻra tripofobiyaga oid tasvirlarni koʻrish bir muncha jirkanishni keltirib chiqarishi toʻgʻrisida bir qarorga kelishgan[1]. Tripofobiya, asosan, ayollarda koʻproq uchraydi[3].

Tripofobiya atamasi 2005-yilda onlayn forum ishtirokchisi tomonidan Greek tilidan olingan deyiladi[6], trŷpa , „teshik“ va φόβος anglatadi , phóbos , „qoʻrquv“ degan maʼnoni anglatadi[6].

  1. 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 Milosevic, Irena. Phobias: The Psychology of Irrational Fear. ABC-CLIO, 2015 — 401-402-bet. ISBN 978-1610695763. Qaraldi: 2017-yil 25-oktyabr. 
  2. 2,0 2,1 Schacter, Daniel. Psychology: Second European Edition. Palgrave Macmillan, 2015 — 1391-bet. ISBN 978-1137406750. Qaraldi: 2017-yil 25-oktyabr. 
  3. 3,00 3,01 3,02 3,03 3,04 3,05 3,06 3,07 3,08 3,09 3,10 3,11 3,12 3,13 Martínez-Aguayo, Juan Carlos; Lanfranco, Renzo C.; Arancibia, Marcelo; Sepúlveda, Elisa; Madrid, Eva (2018). "Trypophobia: What Do We Know So Far? A Case Report and Comprehensive Review of the Literature". Frontiers in Psychiatry 9: 15. doi:10.3389/fpsyt.2018.00015. ISSN 1664-0640. PMID 29479321. PMC 5811467. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=5811467. 
  4. Le, An T. D.; Cole, Geoff G.; Wilkins, Arnold J. (January 30, 2015). "Assessment of trypophobia and an analysis of its visual precipitation". Quarterly Journal of Experimental Psychology 68 (11): 2304–22. doi:10.1080/17470218.2015.1013970. PMID 25635930. 
  5. Skaggs, William. „Are You Afraid of Holes?“. Scientific American (2014-yil 1-mart). Qaraldi: 2022-yil 18-avgust.
  6. 6,0 6,1 6,2 Abbasi. „Is Trypophobia a Real Phobia?“. Popular Science (2011-yil 25-iyul). Qaraldi: 2012-yil 2-oktyabr.
  7. Cole, Geoff G.; Wilkins, Arnold J. (October 2013). "Fear of Holes". Psychological Science 24 (10): 1980–1985. doi:10.1177/0956797613484937. PMID 23982244. Archived from the original on 2019-02-26. https://web.archive.org/web/20190226061617/http://pdfs.semanticscholar.org/7a47/9bf0af624ffb24a12c3f4880ec41f3b7badf.pdf. 
  8. „Everything You Should Know About Trypophobia“. Healthline (2015-yil 7-avgust). Qaraldi: 2017-yil 26-oktyabr.