Tropik kasalliklar
Qiyofa
Tropik kasalliklar, issiq mamlakatlar kasalliklari — asosan, tropik va subtropik mintaqalarda tarqalgan har xil kasalliklar guruhi. Bu kasalliklarga infeksion (yuqumli) va parazitar kasalliklar (asosan, Transmissiv kasalliklar), virusli (mas., sariq isitma), bakteriyali (mas., melioidoz), zamburugʻli (mas., koksidiomikoz), sodda hayvonlar qoʻzgʻatadigan bezgak, leyshmanioz, uyqu kasalligi va boshqa; gelmintozlar (shistosomatoz, filyariatoz) kiradi. Tropik kasalliklarga issiq iqlim taʼsiri (mas., dermatitlar), ovqat tarkibida oqsil va vitaminlar yetishmasligidan kelib chiqadigan kasalliklar (mas., kvashiorkor, beriberi va boshqalar), shuningdek, zaharli ilonlar, baliklar, oʻrgimchaklardan zaharlanishlar kiradi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |