Tsinandali (vino)
Tsinandali (gruzincha: წინანდალი) — quruq oq gruzin sharobi. Ushbu sharob Gruziyaning eng mashhur sharoblaridan biri sanaladi. SSSR paytida bu sharob birinchi raqamli sharob hisoblangan.[1][2] Tsinandali sharobi, sarob sifatini aniqlashga bagʻishlangan xalqaro sharob koʻrgazmalarida 10 ta oltin va 9 ta kumush medallari bilan taqdirlanga.[3]
Ushbu sharob Rkatsiteli va Mtsvane uzum navlaridan tayyorlanadi (85 % dan 15 % gacha).[4] Ikki-uch yil saqlanishlardan keyingina eng yaxshi xususiyatlarini ochib beradi.[1] Yengil goʻsht va baliq ovqatlari bilan birgalikda ichish mumkin.[1] 10—12 °C da yaxshi sovutilgan holda ichish tavsiya etiladi.
Sharobning kelib chiqish vatani Alazani vodiysida joylashgan Tsinandali qishlogʻi hisoblanib, Aleksandr Chavchavadzening oilaviy mulki hamdir.[4] Tsinandali vinochilik bazasi, shuningdek, Gumbori tizmasining shimoliy-sharqiy yon bagʻirlarida joylashgan Akura, Vanta, Bushet, Kvemo Xodasheni, Kisiskhevi, Kondoli, Nastakrali, Shalauri, Kurgelelauri, Vardisubani, Gulgula, Ikalto va Ruispiri[5] qishloqlarini oʻz ichiga oladi. Sanoat uzumzorlari asosan dengiz sathidan 300-750 metr balandlikda joylashgan. Iqlimi oʻrtacha nam, yoz fasli — issiq. Quyosh nurlarining yillik davomiyligi 2 300 soatdan oshadi, doʻl yiliga bir necha marta yogʻadi.[5]
Yuqori sifatli sharob tayyorlashda ishlatiladigan uzumni sentabr oyi oxirida yigʻib olinadi.[5] Rkatsiteli navidagi uzumning oʻrtacha hosildorligi 90-100 sentner/ga ga teng.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Eng qadimgi gruzin sharoblaridan biri hisoblangan Tsinandali sharobini ishlab chiqaruvchi zavod A. Chavchavadze tomonidan tashkil qilingan hamda 1886-yildan buyon ishlab chiqarilib kelmoqda.[4]
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tsinandali // Tovarniy slovar / I. A. Pugachyov (asosiy redaktor). — M.: Gosudarstvennoe izdatelstvo torgovoy literaturi, 1961. — 9-jild — 421-bet
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 Kniga o vkusnoy i zdorovoy piщe
- ↑ Etiketka
- ↑ Beloe marochnoe vino Tsinandali — nastoyaщaya gordost Gruzii
- ↑ 4,0 4,1 4,2 Vino Tsinandali beloe suxoe
- ↑ 5,0 5,1 5,2 „ქართული ღვინო/ ადგილწარმოშობის დასახელების ღვინოები/ წინანდალი“. 2020-yil 2-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 5-oktyabr.