Kontent qismiga oʻtish

Tsonga

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tsonga (oʻzlarini — batsonga deb atashadi) — bantu guruhiga mansub xalq; Mozambikning jan. (3,5 mln. kishi, 1990-yillar oʻrtalari) va JAR (1,4 mln. kishi)ning qoʻshni rayonlari va boshqa hududlarda yashaydilar. Umumiy soni 5,3 mln. kishi. Tsonga tilida soʻzlashadi. Bir qismi — katoliklar; qolganlari anʼanaviy eʼtiqodlarga rioya qiladi.