Kontent qismiga oʻtish

Tsvana

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tsvana, chuana, bechuanlar — bantu guruhiga mansub xalq, Botsvananing asosiy aholisi. 1 mln. kishi (1990-yillar oʻrtalari). Shuningdek, JAR (taxminan 3,7 mln. kishi), Zimbabve va Namibiyaning qoʻshni rnlarida yashaydilar. Setsvana tilida soʻzlashadi. Aksariyati anʼanaviy diniy eʼtiqodlarni saqlab qolgan, xristianlar ham bor. Asosiy mashgʻuloti chorvachilik va dehqonchilik.