Tu-104 haykali Ishimbay

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

"Tu-104 samolyoti" yodgorligi — 1979—2005-yillarda Ishimbay shahrining diqqatga sazovor joylaridan biri va gʻururi. 2005-yilda vayron qilingan[1].

Yodgorlik tavsifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sobiq Ittifoq aviasozlik sanoatining birinchi fuqarolik reaktiv samolyoti Tu-104 (modifikatsiya Tu-104A)ning namunasi. Bort raqami 42376. Ishlab chiqarilgan 201 ta samolyotdan biri edi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1970-yillarda SSSR Oliy Soveti Millatlar Kengashiga Boshqird ASSR, 509-sonli Ishimboy saylov okrugidan deputatlikka nomzod Aleksey Andreyevich Tupolev Ishimboy rahbari Vladimir Nikolayevich Polyakovning iltimosini qabul qildi va otasi Andrey Nikolayevich Tupolev ijodi mahsulidan birini shaharga taqdim etdi.

Samolyot shaharga demontaj qilingan holda olib kelingan. Soʻngra, Lenin shoh koʻchasi, 22-uy manzilida joylashgan Pionerlar saroyi (hozirgi Bolalar va oʻsmirlar ijod saroyi)da yigʻilgan. Pionerlar saroyi orqasida samolyot modellarini sinovdan oʻtkazish uchun platforma (hozirda 9-qavatli bino) joylashgan edi.

Samolyotda bolalar kinoteatri, aeronavtika muzeyini tashkil etish rejalashtirilgan edi, ammo bu rejalar muzlatib qoʻyildi, samolyot vandallar hujumiga uchradi. 2000-yillarning boshlarida Ishimbay rahbari Vladimir Davydov tashabbusi bilan samolyotda kafe ochildi. Shahar rahbariyati oʻzgarganidan soʻng, samolyot tegishli himoya qilinmagan. 2005-yilda yoqib yuborilgan. Shundan soʻng, shahar maʼmuriyati samolyotni metallolomga topshirishga qaror qilgan. Samolyot oʻrniga Staxanovskaya koʻchasidagi Majit Gʻofuriy haykali koʻchirildi.

Hozir Majit Gʻofuriy haykali atrofida Chegarachilar maydoni joylashgan boʻlib, unda itli chegarachiga ham haykal oʻrnatilgan[2].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Хранители истории Ишимбая (ч. X) 2018.
  2. Пограничник с собакой... 2018.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Kagirov, R. Ya. Gorod, kotoriy mi poteryali : ch. I // Podmetki+ : gaz. / red. G. R. Yamalova. — Ishimbay : RIK „Aspekt“, 2008. — № 15. — ISSN 2220-8348.
  • Nikulochkin, D. V. Pogranichnik s sobakoy: slujba prodoljaetsya // Podmetki+ : gaz. / red. G. R. Yamalova. — Ishimbay : RIK „Aspekt“, 2018. — № 21 (23-may). — S. 3. — ISSN 2220-8348.
  • Nikulochkin, D. V. Xraniteli istorii Ishimbaya : ch. X // Podmetki+ : gaz. / red. G. R. Yamalova. — Ishimbay : RIK „Aspekt“, 2018. — № 25 (20-iyun). — S. 2. — ISSN 2220-8348.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

[sayt ishlamaydi]