Kontent qismiga oʻtish

Tugʻma mushakli qiyshiq boʻyin kasalligi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Tugʻma mushakli qiyshik boʻyin – Bu kasallik tayanch-harakat apparat tugʻma kasalliklari orasida uchrash darajasiga koʻra (5-12% gacha) uchinchi oʻrnida turadi. Koʻpincha, qizlarda uchrab, oʻng tomonlama boʻlishi aniqlangan[1].

Bu kasallik toʻgʻrisida koʻp nazariyalar boʻlib, xech qaysisi uning kelib chiqish mexanizmini toʻliq tushuntira olmaydi. „Qiyshik boʻyinlik“ning kelib chiqishida toʻsh-oʻmrov-soʻrgichsimon mushagining tugʻma (yetishmovchiligi) nuqsoni sababchi degan nazariya koʻproq tan olinadi[2]. Tugʻilish vaqtidagi jaroxat deformatsiyani kuchaytiradi.

Bola xayotining dastlabki 7-10-kunlarida yaqqol koʻzga koʻrinadigan deformatsiya juda kam aniqlanadi. Lekin 3-xaftadan boshlab toʻsh-oʻmrov-soʻrgichsimon mushaklaridan bittasi oʻzgaradi. Uning oʻrta qismi qattiqlashadi. Oʻzgargan mushak tomonga boshning qiyshayishi, yuzning qarama-qarshi tomonga burilishi koʻzga tashlanadi. Bosh harakati cheklanadi. Agar toʻsh-oʻmrov-soʻrgichsimon mushagining oʻzgarishi unchalik katta boʻlmasa, boshni toʻgʻri xolatga keltirish mumkin. Mushak anchagina yoʻgʻonlashganda boshni toʻgʻrilash mumkin emas. Bundan tashqari, yuz va bosh assimmetriyasi, bosh tomonda boʻyindagi gorizontal burmaning boʻlmasligi va boshqa simptomlar kuzatiladi. Odatda deformatsiya yoshi ulgʻaygan sari zoʻrayadi va 3-6 yoshga borganda aniq, koʻrinadigan boʻladi. Bola oldingi tomondan koʻrilganda boʻyin asimmetriyasi (boshning egilgan tomonga qarama-qarshi burilganliga) seziladi. Oʻzgargan mushak tomondan qaralganda yelka sathining ancha yuqori turishi, yuz va bosh asimmetriyasi kuzatiladi. Orqa tomondan koʻrilganda bosh tomonda kurak va yelka sathining ancha yuqori turishi, boʻyin asimmetriyasi kuzatiladi. Qiyshiq boʻyinlik kuchaysa, skolioz[3] xosil boʻladi. Agar mushakning toʻsh tolasi kuchli jarohatlangan boʻlsa, boshning burilishi, oʻmrov tolasi koʻprok jaroxhtlangan boʻlsa, qiyshayishi koʻproq boʻladi. Bu bemorlarda jarohatlangan tomonda kalla suyagi yassi va keng boʻladi. Qattiq tanglay, burun pardasi, qoʻshimcha burun toʻsigʻi, yuqori va pastki jaglar notoʻgʻri rivojlanadi, koʻrish maydoni yomonlashishi mumkin. Rentgenogrammada bosh asimmetriyasidan boshqa oʻzgarishlar koʻrnimaydi. Juda kam xollarda ikki tomonlama mushakli tugʻma qiyshiq boʻyinlik uchraydi. Bunda ikki tomonda xam toʻsh-oʻmrov-soʻrgichsimon mushaklari qisqarib, tortishadi. Bosh orqa tomonga tashlanib, ensa orqaga yaqinlashadi. Yuz yuqoriga qaragan boʻladi yoki bosh oldinga engashgan va yuz yerga qaragan boʻladi. Boshning aylanishi va burilishi cheklanadi, yuqori koʻkrak umurtqa pogʻonasi sohsida kuchli kifoz[4], bel lordozi[5] qayta tiklanishining kuchayishi kuzatiladi. Tugʻma mushakli qiyshiq boʻyin quyidagi anomaliyalar bilan farqlanadi:

  • Trapetsiyasimon mushakning qisqarishi tufayli kelib chiqqan tugʻma qiyshiq boʻyin;
  • Boshning yon tomonlaridan yelka usti soxasiga uchburchak shaklida tortilgan teri burmasidan xosil boʻlgan qanotsimon boʻyin;
  • Boʻyin umurtqalarining bir-biri bilan qoʻshilib ketishi (Klippel—Feyl kasalligi)[6];
  • Boʻyin qovurgʻalarining mavjudligi;
  • Ponasimon boʻyin umurtqalari.

Orttirilgan boʻyin deformatsiyasini quyidagilardan farqlash kerak:

  • Spastik qiyshik boʻyinlikdan (bemor ixtiyoriga boʻysunmagan harakatlar bilan tavsiflanadi);
  • Grizel kasalligidan;
  • Boʻyin terisining jaroxatidan keyingi qiyshik boʻyinlikdan (dermatogen);
  • Desmogen turidan (boʻyin soxasidagi flegmona va limfadenitlar oqibati);
  • Orttirilgan (mialgiya)

Konservativ davolashni toʻsh-oʻmrov-soʻrgichsimon mushaklardagi oʻzgarishlar aniqlanishi bilan boshlash kerak Buning uchun xar kuni 3-4 marta 5-10 daqiqadan boshni qarama-qarshi tomonga va qisqargan mushak burish mashqi tavsiya etiladi. Bundan tashqari, boʻyin mushaklarini (ayniqsa, sogʻlom tomoni) silash maqsadga muvofiqdir. 6-8 xaftadan boshlab soʻriluvchi muolaja, kaliy yodli elektroforez tavsiya qilinadi. Davolash kursi 4 oydan keyin qaytariladi. Bu davrda jaroxatlangan tomondagi yuz va boʻyinni silash katta ahamiyatga ega. Erishilgan korreksiya paxta-kartonli Shans yoqasi, qumli xaltacha (yotgan vaqtda), tasmali chepchik takish bilan saqlab turiladi. Yotoq devorga nisbatan shunday qoʻyilishi kerakki, bola sodir boʻlayotgan voqealarni kuzatayotganda boshi oʻzgargan mushak tomonga toʻgʻri xolatda beixtiyor burilsin. Agar tugʻma qiyshiq boʻyin kuchsiz namoyon boʻlsa, oʻz vaqtida berilgan konservativ davo bolaning 1-2 yoshida toʻliq tuzalishiga olib keladi. Kuchli namoyon boʻlgan xollarda konservativ davo 3 yoshgacha olib borilishi kerak. Yuz va boshning kuchayib boruvchi assimetriyasi operatsiya yoʻli bilan davolashni talab qiladi.

  • Travmatologiya i ortopediya. Travmatologiya i ortopediya. Yumashev G.S(1990)
  • Shapovalov V. M., Gritsanov A. I., Yeroxov A. N. (red.) Travmatologiya i ortopediya(1995)