Tuganak bakteriyalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tuganak bakteriyalar (Rhizobium) — dukkakli oʻsimliklar (beda, bersim, noʻxat va boshqalar) nish ildizlarda toʻplanadigan va havodagi azotni oʻzlashtirish xususiyatiga ega boʻlgan aerob bakteriyalar turkumi. Tuproqni azot bilan boyitadi. Yosh Tuganak bakteriyalar iddiz tukchalariga kirib, ularni azot bilan taʼminlaydi, ildiz hujayralarining jadal boʻlinishiga taʼsir koʻrsatadi, oʻsimliklardan uglerod va mineral moddalar almashinuvi mahsulotlarini oladi. Tuganak bakteriyalar molekulyar azotni tez biriktiradigan bakteriodlar hosil qiladi, yoʻgʻonlashadi, tarmoqlashadi. Ildizida tuganaklari boʻlgan dukkakli oʻsimliklar havodan bir ga maydonda yiliga 10 kg dan ortiq azot toʻplaydi. Tuproqni Tuganak bakteriyalar bilan boyitishda qoʻllaniladigan maxsus bakterial oʻgʻit — nitragin shu bakteriyalar negizida ishlab chiqariladi. Tuganaklar yaxshi hosil boʻlishi uchun madaniy oʻsimliklar urugʻligiga Tuganak bakteriyalar yuqtiriladi (yana qarang Azot toʻplovchi mikroorganizmlar).