Kontent qismiga oʻtish

Tugun

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Tugun I.(adabiyotda) — fabula rivojidagi voqea. Asar qahramonlari oʻrtasida konfliktning paydo boʻlishi yoki boshlanishini ifodalaydi. Harakatni belgilaydi, voqealar rivojiga turtki boʻladi — ularga aniq yoʻnalish beradi. Koʻpchilik asarlarda asosiy voqealar T.dan soʻng yuz beradi. T. kitobxonni tasvirlanajak vokealar ichiga yetaklaydi, qahramonlar taqdiriga qiziqtiradi, asar mavzuini toʻgʻri tushunishiga yordam beradi.

T. badiiy asarningturli oʻrinlarida kelishi mumkin: Oybekning "Qutlugʻ qon", Abdulla Qahhorning "Qoʻshchinor chiroqlari" romanlari syujeti asarning T.idan boshlanadi. N. V. Gogolning "O'lik jonlar" asari oxirida Chichikovning "O'lik jonlar" ning sotib olishga ahd qilishi asar syujetining T.ini tashkil qiladi.


II.(Ayrim shevalarda) Ayollar yo'riqqa borganda o'zi bilan olinadigan dasturxoni ( ichida pishirilgan qanaqadir yegulik bilan)