Tulkinjon Karimov
Toʻlqinjon Karimov | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
10-may 1968-yil (54 yosh) Andijon viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Siyosiy partiyasi | O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi |
Taʼlim | Toshkent davlat universiteti Andijon muhandislik-iqtisodiyot instituti |
Ilmiy unvoni | dotsentfan nomzodi |
Toʻlqinjon Payziyevich Karimov (oʻzbekcha: Tulkinjon Payzievich Karimov; 1968-yil 10-mayda tugʻilgan, Andijon viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbek oʻqituvchisi va siyosatchisi, 2015-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining III, keyinchalik IV chaqiriqlari va O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi aʼzosi.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Toʻlqinjon Karimov 1968-yil 10-mayda Andijon viloyatida tug‘ilgan. 1992-yilda Toshkent Davlat universitetini, 1998-yilda esa Andijon muhandislik-iqtisodiyot institutida tahsil olgan[1]. Ixtisosligi - tarixchi, tarix va jamiyatshunoslik o‘qituvchisi, iqtisodchi. Siyosiy fanlar nomzodi.
Mehnat faoliyatini 1985-yilda Andijon iqtisodiyot va boshqaruv instituti izlanuvchi-tadqiqotchisi sifatida boshlagan. 1997-2011-yillarda Andijon muhandislik-iqtisodiyot instituti katta o‘qituvchisi, prorektori, 2011- 2013-yillarda Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti Andijon hududiy bo‘linmasi rahbari, 2013-2015-yillarda Andijon Mashinasozlik instituti Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori lavozimlarida ishlagan.
Siyosiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Toʻlqinjon Payziyevich 2015-yildan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, shuningdek, Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi aʼzosi bo‘lgan. 2020-yilda yana 4-chaqiriq Oliy Majlis deputatligiga saylangan.
Shuningdek, Karimov 2020-yil 11-sentabrdan O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi siyosiy kengashi ijroiya qo‘mitasi aʼzosi sifatida qabul qilingan[2].
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Toʻlqinjon Karimov 2019-yilda O‘zbekiston Prezidentining farmoni bilan ,,Sodiq xizmatlari uchun" medali bilan taqdirlangan[3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Депутаты“. parliament.gov.uz. 2021-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 13-sentyabr.
- ↑ „Члены Исполнительного Комитета Политического Совета Движения предпринимателей и деловых людей – Либерально-демократической партии Узбекистана“. O'zLiDeP. 2021-yil 17-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 13-sentyabr.
- ↑ „О награждении в связи с двадцативосьмилетием независимости Республики Узбекистан группы государственных служащих и работников производственной и социально-экономической сфер — Каракалпакское Информационное Агентство“. kknews.uz. Qaraldi: 2021-yil 13-sentyabr.