Kontent qismiga oʻtish

Tulsi Kumar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tulsi Kumar Dua
Tavalludi
Tulsi Kumar Dua

15-mart 1986-yil (1986-03-15) (38 yosh)
Fuqaroligi Hindiston
Kasbi Qoʻshiqchi, aktrisa
Faoliyat yillari 2006-hozirgi kungacha
Turmush oʻrtogʻi
Hitesh Ralhan (turm. 2015)
Otasi Gulshan Kumar
Onasi Sudesh Kumari

Tulsi Kumar Dua xalq orasida Tulsi Kumar nomi bilan tanilgan hind ijrochisi, musiqachi va Bollywood sanoatidagi aktrisadir. U T Series egasi boʻlgan biznesmen Gulshan Kumar va uning rafiqasi Sudesh Kumari oilasida tugʻilgan. U kino prodyuseri Bhushan Kumar va aktrisa Khushali Kumarning singlisi.[1] U, shuningdek, T-Series yozuvlar yorligʻiga tegishli YouTubeda Kids Hut kanaliga ega boʻlib, bu kanal bolalar uchun qoʻshiqlar va hikoyalarni oʻz ichiga olagan.[2]

2009-yilda uning Love ho Jaaye debyut albomi chiqgan. Albom bilan birga Kumar titul trekka klip suratga olgan. Shuningdek, u Paathshaala filmidagi Mujhe Teri va Once upon a Time in Mumbai filmidagi Tum Jo Aaye qoʻshiqlarini kuylagan.

U 2015-yilda „Mainu Ishq Da Lagya Rog“ qoʻshigʻini kuylagan, singlisi Xushali shu qoʻshiq orqali ekrandagi debyutini qilgan. Bu Dil Hai Ke Manta Nahin filmidagi asl qoʻshiqning qayta yaratilgan versiyasidir.

Kumar 2016-yilda „Soch Na Sake“, „Sanam Re“, „Nachange Sari Raat“, „Ishq Di Latt“, „Salamat“, „Dekh Lena“, „Wajah Tum Ho“, „Dil Ke Pass“ va „Dil Mein“ qoʻshiqlarini kuylagan.[3]

2020-yilda, COVID-19 blokirovkasi paytida u Tere Naalda Darshan Raval, Naamda Millind Gaba bilan hamkorlik qilgan bir nechta qoʻshiqlarini chiqargan. Uning Tanhaai blockbuster singli T-Series rasmiy YouTube kanalida chiqqan va YouTubeda 11 milliondan ortiq tomosha qilingan.

2021-yilda Kumar Jubin Nautiyal bilan birgalikda kuylangan "Pehle Pyaar Ka Pehla Gham" singlini chiqargan.[4] Klipda Part Samthaan va oʻzining singlisi Xushali suratga tushgan. 2021-yil fevral oyida u Nautiyal bilan birgalikda Himansh Kohli va Sneha Namanandi ishtirokida yangi „Main Jis Din Bhula Doon“ qoʻshigʻini chiqargan.

U 2021-yil fevral oyida Indie Hai Humning 2-mavsumini boshlovchilik qilgan.

Kumar bir qancha mukofotlarga sazovor boʻldi, shu jumladan, 2017-yilda „Soch Na Sake“ qoʻshigʻi uchun Xalqaro Hindiston Film Akademiyasining „Eng yaxshi ayol qoʻshiqchi“ mukofoti,[5] 2017-yilda „Soch Na Sake“ filmi uchun tinglovchilar tanlagan „Yilning eng yaxshi qoʻshigʻi“ sifatida Mirchi musiqa mukofotini qoʻlga kiritgan. Kabir Singhga saundtreki uchun „2020-yilning eng yaxshi albomi“ sifatida Music Awards mukofotini olgan.[6] U, shuningdek, 2010 va 2019-yillarda IIFA mukofotlarida „Eng yaxshi ayol ijrochi qoʻshiqchisi“ nominatsiyasiga nomzod boʻlgan.[7]

Diskografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yil Albom Qoʻshiq Qoʻshiq prodyuseri Hamkor-qoʻshiqchilar
2006 Chup Chup Ke "Mausam Hai Bada Qatil" Himesh Reshammiya Sonu Nigam
"Shabe Firaaq" Himesh Reshammiya
Humko Deewana Kar Gaye "Humko Deewana Kar Gaye" Anu Malik Sonu Nigam
"Humko Deewana Kar Gaye — Sad II" yakkaxon
"Tum Sansoon Main" Himesh Reshammiya Himesh Reshammiya
Aksar "Mohabbat Ke"
Tom, Dick, and Harry "Tere Sang Ishq"
Phir Hera Pheri "Dil Naiyyo Maane Re"
Ahista Ahista
Dil Diya Hai "Afsana"
"Mile Ho Tum"
Rocky: The Rebel "Teri Yaad Bichake Sota Hoon"
Zindaggi Rocks "Meri Dhoop Hai Tu" Anu Malik Javed Ali
2007 Aggar "Aggar" Mithoon Hamsa
Darling "Akele Tanha" Pritam yakkaxon
"Saathiya" Adnan Sami
"Hasaye Bhi" Shaan
"Tadap Tadap" Himesh Reshammiya
Raqeeb "Tum Ho" Zubeen Garg
Nehlle Pe Dehlla "Parvar Digara" KK
"Dil Naaiyo Mane Re" Himesh Reshammiya
Bhool Bhulaiyaa "Letʼs Rock Soniye" Shaan
"Sakiya Re Sakiya" yakkaxon
2008 Karzzzz "Tere Bin Chain Na Aave" Himesh Reshammiya
"Soniye Je Tere"
2009 Billu "Love Mera Hit Hit" Pritam Neeraj Shridhar
Jai Veeru "Sufi" Bappi Lahiri Saim Bhatt
8 X 10 Tasveer "Hafiz Khuda" Salim-Sulaiman Mohit Chauhan
"Kuch Is Tarah"
"Aaja Maahi" Neeraj Shridhar
2010 Dulha Mil Gaya "Shiri Farhad" Pritam Neeraj Shridhar
Chance Pe Dance "Rishta Hai Mera" Adnan Sami Shaan
"Pe… Pe… Pepein…." (Duet) Pritam Neeraj Shridhar, Master Saleem, Hard Kaur
Paathshala "Mujhe Teri" Hanif Sheikh Hanif Sheikh, Akansha Lama
Once Upon A Time in Mumbaai "Tum Jo Aaye Zindagi Mein" Pritam Rahat Fateh Ali Khan
"Pee Loon" yakkaxon
Aashayein "Dilkash Dildaar Duniya" Shaan
2011 Ready "Humko Pyar Hua" Pritam KK, Pritam
"Meri Ada Bhi (Ishq Ne Mere)" Rahat Fateh Ali Khan
2020 Street Dancer 3D "Lagdi Lahore" Sachin-Jigar, Guru Randhawa Guru Randhawa
Baaghi 3 "Dus Bahane 2.0" Vishal-Shekhar KK, Shaan, Vishal-Shekhar
2022 Bhool Bhulaiyaa 2 "Hum Nashe Mein Toh Nahin — Lofi Revibed" Pritam
  1. „In father's footsteps“. The Hindu. 14-sentabr 2006-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 31-mart 2009-yil.
  2. Shah, Karan. „T-Series launches a new YouTube channel for kids“. Indian Express (17-oktabr 2014-yil). Qaraldi: 23-oktabr 2021-yil.
  3. „Watch: Gulshan Kumar's daughter Khushali makes screen debut with revived 'Mainu Ishq Da Lagya Rog'“. DNA India. Qaraldi: 14-oktabr 2015-yil.
  4. „Watch New Hindi Trending Song Music Video – 'Pehle Pyaar Ka Pehla Gham' Sung By Tulsi Kumar, Jubin Nautiyal Featuring Khushali Kumar, Parth Samthaan | Hindi Video Songs — Times of India“ (inglizcha). The Times of India. Qaraldi: 21-yanvar 2021-yil.
  5. „IIFA Awards 2017: List Of Winners“. NDTV.com. Qaraldi: 24-iyun 2021-yil.
  6. „MMA Mirchi Music Awards“. MMAMirchiMusicAwards. Qaraldi: 24-iyun 2021-yil.
  7. „IIFA 2019 nominations: Andhadhun grabs maximum nods, Raazi and Padmaavat follow“ (inglizcha). The Indian Express (28-avgust 2019-yil). Qaraldi: 24-iyun 2021-yil.