Tung
Qiyofa
Tung (Aleuites), moyli daraxt — sutlamadoshlar oilasiga mansub barg toʻkuvchi daraxtlar turkumi. Vatani — Xitoy. Yaponiya, AQSH va Gruziyada ekiladi. Daraxti serbarg, bal. 15—20 m ga boradi. Sershox, barglari uzun bandli, navbatmanavbat joylashgan. Mevasi danaksimon, urugʻi yirik, dagʻal qobiq bilan qoplangan, tarkibida 60% moy bor. Urugʻidan koʻpayadi. Yogʻochi yumshoq, yengil. Ikki turi — ford T.i yoki xitoy T.i (A. foraii) va yapon T.i (A. cordata) Kavkazning Kora dengiz boʻyida, nam subtropik rayonlarda ikdimlashtirilgan. T. 40—50 yoshida bal. 5—10 m ga boradi. 4—6 yoshidan boshlab 30—35 yil meva beradi. Molukka T.i turi danaklaridan mazali oziq-ovqat moyi olinadi. T. moyidan yuqori sifatli emallar, boʻyokdar, lok tayyorlanadi.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |