Kontent qismiga oʻtish

Tuo Koto Nan Ampek masjidi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Masjid
Tuo Koto Nan Ampek masjidi
indonezcha: Masjid Tuo Koto Nan Ampek
Masjidning tashqi koʻrinishi
Mamlakat  Indoneziya
Shahar Minangkabau
Asoschi Kampai qabilasidan Datuk Kuniang
Piliang qabilasidan Datuk Pangkai Sinaro
Malayu qabilasidan Datuk Siri Dirajo
Asosiy sana:
1840-yil
Hajmi 500 kishi[1]
Gumbazlar soni 0
Gumbazlar soni 0
Minoralar soni 0
Minoralar soni 0

Tuo Koto Nan Ampek masjidi (indonezcha: Masjid Tuo Koto Nan Ampek), shuningdek, Gadang Balai Nan Duo masjidi nomi bilan ham ataladi, Indoneziyadagi eng qadimgi masjidlardan biri. Masjid Koto Nan Ampek Nagari shahrida joylashgan, hozirda maʼmuriy jihatdan Gʻarbiy Payakumbuh tumani, Payakumbuh shahri, Gʻarbiy Sumatera shahri Balay Nan Duo qishlogʻi hududiga kiritilgan[2]. Minangkabau arxitekturasi asnosida 1840-yilda qurilgan deb taxmin qilinadi, u dastlab ruxdan yasalgan tom bilan qoplangunga qadar fiber tolali tom bilan yopilgan[3][4]. Hozirgi vaqtda bu bir qavatli masjid musulmonlarning ibodat faoliyati uchun ishlatilishidan tashqari, yaqin atrofdagi aholi tomonidan diniy taʼlim vositasi sifatida ham foydalaniladi[5].

Masjidning aynan qachon qurila boshlanganligi maʼlum emas. Muallif Abduboqir Zayn Indoneziyadagi tarixiy masjidlar nomli kitobida yozilishicha, masjid 1840-yilda qurilgan va Koto Nan Ampek Nagari nomi bilan atalgan[5]. Qurilishga Minangkabaudagi qabilalardan uchta turli rahbarlar: Kampai qabilasidan Datuk Kuniang, Piliang qabilasidan Datuk Pangkai Sinaro va Malayu qabilasidan Datuk Siri Dirajo rahbarlik qilgan[4][2].

U eng qadimiy masjidlardan biri boʻlsa-da, birinchi marta qurilganidan buyon yogʻochdan yasalgan ustunlari, pol va devorlarning asosiy qismi almashtirilmagan[5]. Masjid koʻp taʼmirlanmagan, shuning uchun uning haqiqiy asl holati hanuzgacha saqlanib qolingan[6][7]. Eroziyaga uchrashi tufayli dastlab fiber toladan yasalgan tom keyinchalik ruxdan yasalgani bilan almashtirilgan[4].