Kontent qismiga oʻtish

Tuproqqalʼa devoriy rasmlari va haykallari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tuproqqalʼa devoriy rasmlari va haykallari - Oʻrta Osiyo hududida saqlangan qad. sanʼat obidalaridan. Tuproqqalʼashtm Xorazm shohlari saroyi majmuasi devorlariga ishlangan rasmlar va haykallar mil. 1—3-asrlarga mansub. Arxeologlar "Shoxlar xonasi" (haykallar guruhida ajdodlar ilohiylashtirilgan boʻlsa kerak), "Gʻalaba xonasi" (gorelyeflarda shoh shonshavkati ifodalangan), "Askarlar xonasi" (shoxlar ulkan, jangchilar kichik hajmda aks ettirilgan) va boshqa ramziy atalgan saroy xonalari haykallar, boʻrtma tasvirlar qamda rangtasvir bilan bezatilgan; rangtasvir haykaltaroshlik hamda monumental bezaklarda keng qoʻllangan. Tasvirlar Oʻrta Osiyoda keng tarqalgan usulda — quruq ganch suvoqqa mineral boʻyoklarga yelim qoʻshib ishlangan: tasvir oq zaminni butunlay qoplab ishlanib, qora boʻyokda tasvirning shakli aniq qilib chizib chiqilgan, soʻng shakllar ichi kerakli ranglar (qora, koʻk, zangori, qizil, binafsha, pushti va boshqalar) bilan boʻyalgan. Tuproqqalʼa devoriy rasmlari va haykallarir. va h., asosan, quyidagicha kompozitsiya tuzilishiga ega: kengligi 0,5—0,7 m boʻlgan bezak hoshiyadan iborat pastki qism (mas., moviy suv toʻlqini uzra suzayotgan qizil baliqpar), asosan, tabiiy kattalikda ishlangan turli jonzotlar, odamlar tasvirlari, ov manzaralaridan iborat asosiy qism hamda devor bezagini yakunlovchi ganch bezakli friz koʻrinishidagi yuqori qism. Asosiy qismda tasvirlangan ov sahnalari, odamlar tasvirlari diqqatga sazovor, mavzuli lavhalar oʻsimliksimon naqshlar bilan uygʻunlashtirilgan. Yaxshi saqlangan ayrim tasvirlar Xorazm rangtasviri (mas., arfa chalayotgan ayol tasviri)ning ishlanishini kushongandxar anʼanalari bilan bogʻlash imkonini beradi, shuningdek, shunday qiyofalar gʻam uchraydiki, bu qiyofalar SuriyaMisr yoki Shimoliy Qora dengiz boʻyi xalqlarining rim davri sanʼatida uchrashini tadqiqotchilar aniklagan. Barcha tasvirlar oʻta erkinlik va qaqqoniylik bilan yaratilgan boʻlib, Qad. Xorazmning yuksak badiiy madaniyatidan darak beradi.

Ad.:Toprakkala, Trudoʻ Xorezmskoy arxeologoetnograficheskoy ekspeditsii, t. XIV, M., 1984.