Turang‘i pillakashi
Turang‘i pillakashi | |
---|---|
Ilmiy tasniflash | |
Olam: | Hayvonlar |
Tip: | Boʻgʻimoyoqlilar |
Sinf: | Hasharotlar |
Oila: | Lasiocampidae |
Urugʻ: | Streblote |
Turlari: | Turang‘i pillakashi |
Xalqaro ilmiy nomi | |
Streblote fainae Gerasimov, 1931 |
Turang‘i pillakashi [1] ( lotincha: Streblote fainae) — pillakashlar oilasiga mansub kapalak turi sanaladi.
Ta’rif
[tahrir | manbasini tahrirlash]Old qanotning uzunligi 16-17 mm. Qanotlarning asosiy foni kulrang-binafshadir. Old qanotdagi tasma (o‘rta maydon) kulrang-jigarrangga moyil tusga ega. Old qanotdagi tashqi maydon oq ko‘ndalang chiziq bilan cheklangan (ichkarida) oq rangli tukli parchalarning aniq qoplamasiga ega. Qanot bo‘ylab ikkita oq rangli yo‘l-yo‘l chiziq o‘tgan, ikkinchisi qanotning tashqi chetiga qaraganda bilinar-bilinmas lekin aniq jigarrangroq. Old qanotlarning chetlari kulrang-jigarrang tusni olgan. Bosh va qorni jigarrang-binafsha tusda bo‘ladi[1] .
Tarqalishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Turkmaniston, O'zbekiston, Tojikiston .
O‘zbekiston hududida Surxondaryoning Denov yaqinidagi yaylovida, Amudaryoning Urganch yaqinidagi yaylovida, Sirdaryoning Pungan qishlog‘i yaqinidagi yaylovida yashaydi . Tojikistonda bu tur Amudaryo vodiysi bo‘ylab tarqalgan[1] .
Toʻranga toʻqay oʻrmonlari va pasttekislik daryo oʻzanlari boʻyidagi toʻqaylarda uchraydi.
Yashash tarzi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yiliga 2 marta to‘la, 3 marta qisman nasl beradi. Ilk uchishi va tuxum qo‘yishi – aprel–mayda (tunlari), 2-martasi – iyun–iyulda, 3-martasi – avgustda. Qurti may, iyun–avgustda turang‘ida (Populus pruinosa) rivojlanadi; turang‘ining tana va novdalarida pilla ichida g‘umbakka aylanadi; kuzgi g‘umbaklari qishlaydi.
Muhofaza etish
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tur Oʻzbekiston va Tojikiston Qizil kitobiga kiritilgan [1] . Ko‘payishi odatda past va so‘nggi o‘n yilliklarda keskin kamayib ketgan. O‘zbekistonda kam topilmalar orqali ma’lum. To‘qay o‘rmonlarining vayron bo‘lishi tufayli soni kamayib bormoqda .