Turaxon maqbarasi
Turaxon maqbarasi | |
---|---|
boshqirdcha: Турахан кәшәнәһе | |
Umumiy maʼlumot | |
Maqomi | Federal ahamiyatga ega Rossiya Federatsiyasi xalqlarining madaniy merosi ob’yekti. Reg. No 021510258690006 (EGROKN). Element № 0310041000 (Wikigid maʼlumotlar bazasi) |
Joylashuvi | Chishminskiy tumani |
Mamlakat | Rossiya |
Balandligi | 8 m |
Oʻlchamlari | |
Boshqa oʻlchamlari | 6,6x6 m (tashqi maydoni) |
Turaxon maqbarasi |
Turaxon maqbarasi — Rossiya Federatsiyasi, Boshqirdiston Respublikasi, Shishma tumanida XIV-XV asrlarda solingan meʼmoriy yodgorlik. Oʻrta asrlik Oʻrta Osiyoda koʻp uchraydigan meʼmorchiligining namunasidir. Tuman markazidan (Sishma qishlogʻi) janubi-gʻarbga tomon (taxminan 12 km) Nijnye Termi qishlogʻigacha yoʻlning boʻyida. Maqbara yonida toshdan solingan masjid maqbara bilan marosim-meʼmorchilik ansamblini tashkil qilgan. Baʼzi taxminlarga koʻra, maqbara „qozilik uyi“ vazifasini bajargan. Maqbara bilan masjid qoʻshganda yon tomonidan qabriston o‘ragan. Biroq, sovet davrida „eskilik qoldiqlari“ ga qarshi kurash paytida qabr toshlari butunlay vayron qilindi.
Tavsifi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Maqbara haqida birinchi yozma maʼlumotlarni 1772-yil P. I. Richkovning qoʻlyozmasidan topamiz. Va XIX asrda R. G. Ignatiev va P.Yudin yanada tizimli ravishda maʼlumot bergan. Bundan tashqari, 1845-yilda V. S. Yumatovning maqbara haqidagi maʼlumotlari saqlangan.[1] Turaxon maqbarasi oddiy usulda ishlangan toshlardan qurilgan. Maqbaraning maydoni 6,6x6 m oʻlchamdagi kvadratdan iborat. 1,8 m balandlikdagi devordan keyin u gumbazsimon tom bilan tutashgan. Maqbaraga kiraverish vazifasini oʻtagan oʻsimta bor. Devorning qalinligi 1 m dan ortiq, balandligi 8 m. Bugungi kunda bino zamonaviy metall panjara bilan oʻralgan. Maqbaraga kirish eshigi qulflangan.
Turaxon haqida
[tahrir | manbasini tahrirlash]Turaxonning kim boʻlgani, tugʻilgan joyi va vaqti haqida aniq maʼlumotlar yoʻq. U haqida aytilgan maʼlumotlar tarixiy voqealarga asoslanmagan. Bir maʼlumotlarda Turaxon hozirgi Tobolsk shahrida yaqin yerda, Irtish daryosining boʻyida yashagan Chingizxonning bevosita avlodi boʻlgan. Qarindoshlari bilan kelishmovchiliklardan so‘ng G‘arbiy Sibirni tark etib, Boshqirdiston viloyatiga ko‘chib o‘tadi. Shuni taʼkidlash kerakki, oʻsha paytda boshqird qabilalarining yashash joyi biroz kengaytirilgan.
A. -Z. Validiy Turaxonni Shayboniylar sulolasidan chiqqan Mahmudekxon bilan bogʻlaydi.
Boshqa bir fikrga boʻyicha, Turaxon kuchi Janubiy Ural togʻlarining ikki yon bagʻiriga tarqalgan Basmanxonning akasi sifatida tasvirlangan. Turaxon oʻrta asrlarda tez-tez boʻlib turadigan oʻzaro toʻqnashuv paytida oʻlgan. P. I. Richkov yozadiki, ruslar Boshqird yerlariga kelgunga qadar hozirgi Ufa hududida katta shahar boʻlgan. Turaxon shahardan qishlogʻi (Qoraedil daryosi boʻyida, xalq orasida „Chertovo gorodishche“ deb ataladigan joy) sifatida foydalangan. Xonning yaylovi esa maqbaraning joylashgan joyiga mos keladi.
Tarixchilarning ko‘pchilik qismi „Turaxon“ shaxsning ismi emas, balki uning mavqei deb taʼkidlaydilar.
Soʻnggi paytlarda nashrga chiqqan maqolalarda Turaxonning boshqird yerida XVI asrda. ilk paytlarida hukmronlik qilgani haqidagi xulosalarni topishga boʻladi.[2] Tabin, qipchoq va boshqalar qabilalarning nasabnomalarida Turatogʻga yaqin yerda, hozirgi Belaya daryosining boʻyida Turaxonning oʻrdasi joylashganligi aytildi. "U boshqird xalqining alohida hukmdori sifatida koʻrsatilgan. Xonning Ko‘sem ismli o‘g‘li bor edi. O‘sha paytda Saroyshiq hukmdori Burakxon bilan yer-suv masalasida katta to‘qnashuv bo‘ladi. Jang paytida Turaxon va uning akasi Basman Noʻgʻayli Oltakar tomonidan oʻldirilgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Павел Распопов. „Чишминские мавзолеи. Мавзолей Хусейн-бека и Тура-хана“ (ruscha) (2019-yil 27-yanvar).
- ↑ „Мавзолей Тура-хана“ (ruscha) (2012-yil 4-iyul).