Kontent qismiga oʻtish

Turbokompressor

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Turbokompressor 1) kompressor va aviatsiya gaz turbinasinch mexanik tarzda biriktirib hosil qilingan agregat; turbokompression dvigatelning asosiy qismi. Ichki yonuv dvigateli porsheniga bosimi atm. bosimidan yuqori boʻlgan havoni haydash uchun qoʻllanadi (shunda dvigatelning quvvati ortadi). Bu holda dvigatelda "ish bajarib" chiqayotgan gaz turbinada kengayib, kompressorni aylantiradi, natijada silindrlarga borayotgan havoning bosimi koʻtariladi; 2) gazlarni siqish va uzatish uchun moʻljallangan kurakli kompressor. Gazlarni markazdan qochma usulda yoki oʻq boʻylab yoʻnaltiradigan turlari bor. Porshenli kompressorga nisbatan foydali ish koeffitsiyenti katta boʻlishini, gazlar (havo)ning bir meʼyorda (uzilibuzilib emas) uzatilishini taʼminlaydi.