Turbulentlik
Qiyofa
Turbulentlik — suyuklik va gazlar oqimlarida kuzatiladigan hamda bu oqimlarda turli oʻlchamli koʻplab uyurmalar hosil boʻladigan hodisa. T. tufayli bu omillarning tezlik, bosim, tra, zichlik va boshqa xarakteristikalari fazoda va vaqt davomida tartibsiz oʻzgarib turadi, yaʼni xaotik fluktuatsiyalar taʼsirida boʻladi. Shunisi bilan turbulent oqim laminar oqimsan farq qiladi. Laminar oqim oʻzining barqarorligini yoʻqotganda T. vujudga keladi. Suyuqlik yoki gazda gʻarakatlanayotgan qattiq jismlarga ular (suyuqlik yoki gaz) ning qarshiligini aniqlashda, shuningdek, suyuklik yoki gaz oʻrab turgan jismlar orasidagi issiqlik almashishni hisoblashda T. eʼtiborga olinadi. T. statistik usullar yordamida izohlanadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |