Turdi Toʻqsabo
Turdi Toʻqsabo | |
---|---|
Turdi Toʻqsabo | |
Qashqadaryo vohasidagi mashhur qoʻrboshi | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi | Qarshi yaqinidagi Koson |
Vafoti | 1925-yil |
Turdi Toʻqsabo — (?—1925) — Qashqadaryo vohasidagi mashhur qoʻrboshilardan biri. Turkistondagi milliy ozodlik harakatining faol ishtirokchisi[1].
Qoʻrboshilik faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Turdi Toʻqsabo Qarshi yaqinidagi Kosonda tavallud topgan. 1921-yildan u qizil armiyaga qarshi kurashlar olib borgan. Turdi Toʻqsabo va uning tarafdorlari asosan Koson va Qamashida harakatlar olib borgan. 1923-yil 6-sentyabrda Qarshi viloyati revkomida boʻlgan „maxfiy yigʻilish“da Turdi Toʻqsabo, uning qoʻrboshi va yigitlarning qarindosh-urugʻlarini qamoqqa olish masalasi koʻrib chiqilgan edi. Natijada bir hafta ichida viloyatdagi istiqlolchilarning qoʻmondoni Turdi Toʻqsabo, uning qoʻrboshilari boʻlgan Temirxoʻja Eshon, Yaxshi Jugir oʻgʻli, Panji Ostonaqul oʻgʻli, Xoʻshmurod (Turdi Toʻqsaboning oʻribosari), Rajab Boqi Qorovul, Qilich Mirza Kamolov, Mulla Juma, Juma Qorovulbegi, Mulla Boʻri, Shodi Qorovulbegi va boshqalarning barcha oila aʼzolari va qarindosh-urugʻlari zudlik bilan qamoqqa olingan va ularning butun mol-mulklari musodara qilingan. Turdi Toʻqsabo va uning safdoshlari kurashni toʻxtatmagach, ularning qamoqqa olingan butun qarindosh-urugʻlari va oila aʼzolari qatl qilingan. 1924—1925-yillarda ham Qashqadaryo viloyati hududlarida sovet hokimiyatiga qarshi kurash olib boradi. 1925-yil 7-noyabrda Sartoʻldi qishlogʻida Turdi Toʻqsabo qizl askarlar bilan boʻlgan jangda oʻldirilgan. U faoliyati davomida sovet rejimiga qarshi kurash olib bordi. Eshon Sulton Qashqadaryo vohasidagi mashhur qoʻrboshisi sifatida, sovet hukumatiga qarshi kurashlarni davom ettirdi. Uning bir qator hamrohlari keyingi yillarda Qashqadaryo vohasida qizil askarlarga qarshi kurashlar olib borishdi[2].