Kontent qismiga oʻtish

Turgʻar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Turgʻar — Sugʻd (Samarqand) hukmdori (738—750). Gʻuraknnnt oʻgʻli. Uning ismi oʻzi zarb qildirgan tangalarda twry’r ("Turgʻar"), xitoy yilnomalarida Duge (Touho), arab manbalarida Turxar yoki Yazid shakllarida qayd etiladi. Shuningdek, u arab manbalarida "alMuxtor" ("Tanlangan") laqabi bilan ham zikr etiladi. T. otasi oʻrniga arablarga vassal sifatida 738 yilda Samarqand taxtiga oʻtirgan va musulmoncha Yazid ismini olgan. Bu paytgacha u Ishtixon hokimi boʻlgan, Jumladan, Tanshu nomli xitoy yilnomasida Kan (Sugʻd) hukmdori Ulega (Gʻurak)ning 731 yil Duge ismli oʻgʻlini Sao (Ishtixon) shahriga, Mochjo ismli 2oʻgʻlini Mi (Maymurgʻ) shahriga hokim etib tayinlanganligi va uning otasining oʻlimidan soʻng Samarqand hukmdori boʻlganligi qayd etiladi.

T.ning yoshlik yillari arab bosqinlari va ularga qarshi otasi Gʻurakning olib borgan kurashlari davriga toʻgʻri kelgan. U arablarning vassali sifatida Sugʻd ixshidi boʻlib turgan davrda ham arablarga qarshi zimdan kurash olib borgan. Xususan, uning 740, 750 yillarda Xitoyga elchilar yuborganligi maʼlum.

T.ning avlodlari hadisshunos olimlar boʻlib, atTurkiy anNasafiy nisbasi bilan ijod qilishgan. Jumladan, ular orasida Abu Axmad Tolib ibn Ali ibn alHasan ibn Turxar ashShirakasiy anNasafiy (vafoti 900 y.) va 10—11alarda yashagan Abu Ishoq Ibroxim ibn Abu Ali Muhammad ibn Abu Abdulloh Muhammad ibn Amr ibn Solih ibn Turxar anNasafiy atTurxariy kabi nasaflik hadisshunoslar uchraydi.