Turki Jandi koʻchasi
Qiyofa
Umumiy maʻlumotlar | |
---|---|
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Buxoro viloyati |
Shahar | Buxoro |
Turki Jandi koʻchasi — Buxoro shahrida joylashgan koʻcha. Koʻcha Turki Jandi nomi bilan bogʻliq. Buxorodagi qadimgi koʻchalardan biri boʻlib, Turki Jandi maqbarasi ham joylashgan. Aholi tomonidan avliyo deb qabul qilingan Turki Jandi olimlarning tadqiqotlariga koʻra, real shaxs hisoblanadi[1]. Asli Sirdaryoning oʻrta oqimida joylashgan Jand shahridan boʻlganligi uchun „Jandiy“ taxallusini olgan. Rivoyatlarga koʻra, Buxoro aholisi oʻrta asrlarda Turki Jandiy mozori oldidan hech qachon otda oʻtmagan, yaqinlashganda otdan tushgan. Goʻyo otda oʻtayotganlarni Turki Jandiy arvohi ot ustidan uloqtirib yuborgan[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Toʻrayev H.H. Buxoro toponimikasi. Buxoro: Durdona, 2021 — 276-bet. ISBN 978-9943-7455-7-5.
- ↑ Тўраев Ҳ. Бухоро вилояти топонимлари юзасидан айрим мулоҳаза ва тавсиялар. „Buxoronoma“. — 2020.