Kontent qismiga oʻtish

Turkiston islomiy partiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Turkiston islomiy partiyasi (arabcha: الحزب الإسلامي التركستاني, al-Ḥizb al-Islāmī al-Turkistānī; uygʻurcha: تۈركىستان ئىسلام پارتىيىسى, Türkistan İslam Partiyisi; turkcha: Türkistan İslam Partisi; eski nomi Sharqiy Turkiston Islomiy harakati) — 1988-yilda Sharqiy Turkistonda tashkil etilgan bu harakat Xitoy bosimidan qochib, Afgʻonistonda kuchayish jarayoniga kirdi. Ushbu jarayonda Tolibon bilan yaqin ittifoq tuzgan TIP Afgʻoniston, Pokiston va butun mintaqada mavjud boʻlishni boshladi.  Hasan Maxsum, Turkiston islomiy partiyasining sobiq rahbari AQSh tomonidan 2002-yilda terrorchilar roʻyxatiga kiritilgan TIPning koʻplab rahbarlari AQSh tomonidan Pokiston va Afgʻonistondagi havo hujumlari va reydlarida oʻldirilgan. Sharqiy Turkiston Islomiy harakati vaqt oʻtishi bilan Turkiston islomiy partiyasi sifatida tanila boshlandi. 2011-yilda boshlangan fuqarolar urushi paytida baʼzi aʼzolari Suriyaga ketgan jamoa bu yerda Bashar Assad rejimiga qarshi kurashayotgan muxolifat guruhlari orasida faol ish olib borgan. Taʼkidlanishicha, Turkiston islomiy partiyasi Suriyada hanuzgacha faol.