Kontent qismiga oʻtish

Turkiy davlatlar tashkiloti

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Turkiy kengashdan yoʻnaltirildi)
Turkiy davlatlar tashkiloti

gerb
Ishga tushgan sanasi 3-oktabr 2009-yil
Joylashuvi Turkiya bayrogʻi Turkiya, Istanbul (Kotibiyat)
Ozarbayjon bayrogʻi Ozarbayjon, Boku (Parlament assambleyasi)
Qozogʻiston bayrogʻi Qozogʻiston, Ostona (Turk kengash akademiyasi)
Asoschi(lar)i

 Ozarbayjon
 Qozogʻiston
 Qirgʻiziston
 Turkiya
 Oʻzbekiston
Kuzatuvchilar:

Vebsayti turkicstates.org
Til(lar)i

Qozoq tili
Ozarbayjon turkchasi
Qirgʻiz tili
Turk tili
Oʻzbek tili

Ingliz tili
Conseilturcique.svg

Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT)[1] (ozarbayjoncha: Türk Dövlətləri Təşkilatı, qozoqcha: Түрік Мемлекеттері ұйымы, qirgʻizcha: Түрк мамлекеттеринин уюму, turkcha: Türk Devletleri Teşkilatı, veng.: Török Államok Szervezete, inglizcha: Organization of Turkic States; 2021-yilgacha sobiq Turkiy kengash) — turkiyzabon davlatlardan tashkil topgan xalqaro tashkilot. Tashkilotning asosiy maqsadi aʼzo davlatlarning har tomonlama doʻstlik va hamkorlikni rivojlanirishiga qaratilgan. Ushbu tashkilotga 2009-yil 3-oktabrda Ozarbayjonning Naxichevan shahrida asos solingan.

Havo rangda — aʼzo davlatlar, och havo rangda — Kuzatuvchi davlatlar.

1992-yilda ilk bor "Turkiyzabon davlatlar sammitiʻʻ boʻlib oʻtdi. 2009-yilning 3-oktabr kuni Ozarbayjonning Naxchivon shahrida Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Turkiya oʻrtasida „Naxichevan kelishuvi“ imzolandi va „Turkiy kengash“ xalqaro tashkilotiga asos solindi. Tashkilot kotibiyati bosh binosi Turkiyaning Istanbul shahrida joylashishi aniqlab olindi[2].

Ushbu tashkilotga asos solinishdan avval, 1992-yilda Qozogʻistonning oʻsha paytdagi poytaxti Olmaotada „Birlashgan turkiylar tili va sanʼati maʼmuriyati“ga asos solingan edi. 1998-yilda esa Ozarbayjonning Boku shahrida „Turkiyzabon davlatlar parlamentlik assambleyasi“ tashkil etildi. Yaqin kelajakda „Turkiy Kengash“gaTurkmaniston kirishi kutilmoqda.

Yigʻilishlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yilning 23—24-iyun kunlari Oʻzbekistonning Qoʻqon shahrida Turkiy kengash turizm vazirlarining VI yigʻilishi va Turizm boʻyicha ishchi guruhning XV yigʻilishi oʻtkazildi[3]. 24-iyun kuni turizm sohasidagi vazirlarning yigʻilishida Oʻzbekiston Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov taklifiga binoan Qoʻqon shahri Turkiy kengashning turizm poytaxti deb eʼlon qilindi[4].

Aʼzo davlatlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Davlat Poytaxti Maydoni Aholisi soni
(ming)
YIM YIM
Aholi jon boshiga
 Ozarbayjon Boku 86 600 km² 10 073 65 mlrd. doll. 18 500 doll.
 Oʻzbekiston Toshkent 448 976 km² 37 143 76 mlrd. doll. 2800 doll.
 Qirgʻiziston Bishkek 198 500 km² 6 389 8 mlrd. doll. 1655 doll.
 Qozogʻiston Nur-Sulton 2 724 902 km² 20 000 185 mlrd. doll. 10000 doll.
 Turkiya Anqara 783 562 km² 84 155 848 mlrd. doll. 13500 doll.
Jami: - 4 242 540 km² 157 760 1188 mlrd. doll. 11000doll.

Turkiy Kengashdagi kuzatuvchi davlat

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Davlat Poytaxti Aholisi soni Maydoni YIM YIM
Aholi jon boshiga
 Mojariston Budapesht 9 778 371 93 036 km² 242 mlrd. doll. 24 498 doll.
 Turkmaniston Ashxobod 5 240 500 491 200 km² 95,5 mlrd. doll. 17 485 doll.
Shimoliy Qibris Turk Respublikasi Lefkosiya 3 300 km² 294 900 1.7 mlrd. doll. 10 095 doll.

Tashkilot sohalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Istanbul kotibiyati
  • Prezidentlar kengashi
  • Tashqi ishlar vazirlari kengashi
  • Yuqori martabalilardan tashkil topgan komitet
  • Turkiyzabon davlatlar oqsoqollari kengashi
  • Bokudagi parlament assambleyasi
  • Ostonadagi turkiy akademiya
  • Turkiy madaniyat xalqaro tashkiloti

Tashkilot bosh kotiblari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Xalil Aqinchi[5] Turkiya bayrogʻi Turkiya 3.10.2009 16.09.2014
Ramil Hasanov Ozarbayjon bayrogʻi Ozarbayjon 16.09.2014 3.09.2018
Bagʻdod Amreyev Qozogʻiston bayrogʻi Qozogʻiston 3.09.2018 2022
Kubanichbek Omrualiyev  Qirgʻiziston 2022 hozirgi kunga qadar
  1. „Turkiy Kengash nomi «Turkiy davlatlar tashkiloti» deb oʻzgartiriladi“. Gazeta.uz (12-noyabr 2021-yil). Qaraldi: 14-noyabr 2021-yil.
  2. Нахичеванское соглашение о создании Совета сотрудничества тюркоязычных государств, 27-dekabr 2010-yilda asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 29-mart 2015-yil{{citation}}: CS1 maint: date format ()
  3. „Ўзбекистонда Туркий кенгаш туризм вазирларининг VI йиғилиши ўтказилади“. Bugun.uz. 2021-yil 24-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021 йил 11 июнь.
  4. „Қўқон шаҳрини Туркий кенгашнинг илк «Туризм пойтахти» сифатида номлаш таклиф қилинди“. Bugun.uz. 2021-yil 24-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021 йил 24 июнь.
  5. Информация из Официального сайта ТС, 14-fevral 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 29-mart 2015-yil{{citation}}: CS1 maint: date format ()