Turkman quloni
Turkman quloni | ||||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Biologik klassifikatsiya | ||||||||||||||||
| ||||||||||||||||
Equus hemionus kulan Groves & Mazák, 1967 |
Turkman quloni (lot. Equus hemionus) – shuningdek, Kaspiy yovvoyi eshagi[1], Turkmaniston quloni yoki oddiygina qulon deb ataladi. Oʻrta Osiyodagi qulonlarning kenja turi. Ushbu turkman quloni 2016-yilda yoʻqolib ketish xavfi ostida deb eʼlon qilingan[2].
Soʻnggi paytlarda bu turning populyatsiyasi mamlakatda kamayib ketgan, avvalgi joylarida esa asta-sekin koʻpayib bormoqda.
2005-yilda Turkmanistonda qulonlar soni 1295—1345 tani tashkil qilgan edi. Turkmanistondagi qulonlarning bu turi boʻyicha boshqa maʼlumotlar yoʻq.
Tavsifi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Turkman quloni qulonlarning eng katta kenja turlaridan biridir. Uzunligi oʻrtacha 200 smdan 250 smgacha boʻladi, ogʻirligi tahminan 200—240 kgni tashkil qiladi. Erkak qulonlar urgʻochilarga qaraganda kattaroq boʻladi.
Turkman quloni och jigarrang, umurtqa pogʻonasi boʻylab qalin qora chiziq oʻtgan, orqa va qorinda oq dogʻlar bilan ajralib turadi. Yozda turkman qulonining yunglari toʻkiladi va jigarrangda boʻladi, qishda esa qalin kulrang-jigarrang yunglari yana qayta oʻsib chiqadi[3].
Yashash tarzi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Erkaklari yetakchiligida 4-5 urgʻochi va 3-4 yosh qulondan iborat poda hosil qiladi. 3 yoshdan oshgan erkak qulonlar podadan chiqarib yuboriladi. Kuzda qulonlar uyuri 100 va undan ortiq boshni tashkil qilishi mumkin. Juftlashish davri, odatda, may-iyun oylariga toʻgʻri keladi. Keyingi yil may-iyunda esa bolalaydi, bolalari juftlashish davrigacha onasidan ajramaydi. Boshoqli oʻsimliklar, shuvoq, shoʻra asosiy ozuqasi sanaladi[4].
Tarqalishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Turkman quloni Oʻrta Osiyoning choʻllarida, dashtlarda, qurgʻoqchil yaylovlarda va butazorlarda yashaydi.
Turkman qulonining tarqalish hududi shimoliy Eron, Afgʻoniston, Kaspiy dengizi, gʻarbiy Xitoy, Ukraina va janubiy Sibirgacha boʻlgan hududlarni qamrab oladi. U ilgari Qozogʻistonning Sarieshik-oʻtrov choʻlida yashagan. Biroq, u oʻsha joydan yoʻq boʻlib ketgan[5].
Oʻzbekistonda tarqalishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]XIX asrning oxirlarigacha Ustyurtda (Qoraqalpogʻiston) koʻp uchragan, XX asrning 30-yillariga kelib butunlay yoʻq boʻlib ketgan. 1982—1983-yillarda Turkmanistonning Qoplonqir qoʻriqxonasi hududidan 100 ta qulon Oʻzbekiston hududiga kirib kelgan. Buxoro ixtisoslashgan „Jayron“ pitomnikida yarim tuqunlikdagi qulonlar koʻpaytirilgan[4].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Bowling, A. T.; Ruvinsky, A. (2000). The Genetics of the Horse. p. 174.
- ↑ Kaczensky, P.; Lkhagvasuren, B.; Pereladova, O.; Hemami, M.; Bouskila, A. (2016).
- ↑ „"Evolution, systematics, and phylogeography of Pleistocene horses in the New World: A molecular perspective".“.
- ↑ 4,0 4,1 „O'zbekiston respublikаsining qizil kitobi 2 Jild“.
- ↑ „. "Recalibrating Equus evolution using the genome sequence of an early Middle Pleistocene horse".“.