Kontent qismiga oʻtish

Turkmaniston Fanlar Akademiyasining Texnologiya Markazi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Turkmaniston Fanlar Akademiyasining Texnologiya Markazi ― Turkmaniston hukumati koʻmagida tashkil etilgan innovatsion markazdir[1]. U Ashxabod markazidan 6 km gʻarbda, yirik transport yoʻnalishlari yaqinida, 2072 (Bikrova) koʻchasining janubiy qismida joylashgan. Turkmaniston Fanlar akademiyasi  markazni rivojlantirish boʻyicha boshqaruv tuzilmasi hisoblanadi[2].

Asosiy maʼlumotlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Texnopark qurilishi 2012-yilning iyun oyida boshlangan. Unga Bikrov massividagi hudud tanlangan. Qurilishni Turkiyaning Polimeks kompaniyasi amalga oshirgan.

Va nihoyat 2014-yil 6-iyun kuni Turkmanistonning ilmiy-texnikaviy va innovatsion siyosatini amalga oshirish, raqobatbardosh, material va energiya tejovchi, ekologik toza yuqori texnologiyalar va innovatsiyalarni yaratish va ishlab chiqarishga joriy etish, ilmiy-texnikaviy va innovatsion siyosatni amalga oshirishni oʻz oldiga maqsad qilgan, Texnologiyalar markazi tashkil etildi.U Turkmaniston Fanlar akademiyasi ixtiyoriga berildi[3][4].

12-iyun kuni Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov, Belarus Respublikasi Bosh vaziri Mixail Myasnikovich, kimyo boʻyicha Nobel mukofoti sovrindorlari — yapon olimi Eyichi Negishi va isroillik olim, JSST direktori Ada Yonat ishtirokida Texnologiyalar markazining ochilishi boʻlib oʻtdi.70 ming kvadrat metrdan ortiq maydonda joylashgan markaz  olti qavatli asosiy maʼmuriy bino[5], shuningdek, shamol va quyosh qurilmalari, qayta tiklanadigan energiya manbalari uchun binolar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, konstruktorlik byurosi, koʻplab ilmiy-tatqiqot laboratoriyalari, nanotexnologiyalar, koʻrgazma maydonchalari va boshqa obyektlarni oʻz ichiga olgan[6][7].