Kontent qismiga oʻtish

Turkqoʻrgʻon mahallasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Turkqoʻrgʻon mahallasi (Akmal Poʻlat koʻchasi 31) — Yunusobod tumanidagi mahalla. Usta Shirin, „Yangiariq“, Jomiy mahallalari bilan chegaradosh. Mahalla nomi oʻzbeklar tarkibidagi etnik guruhturklar nomidan olingan boʻlib „turklar qoʻrgʻoni“ degan maʼnoni anglatadi. Oʻtmishda (14-a. oxiri) Taxtapul darvozasi Turk darvoza deb yuritilgan, uni kqoʻriqlash turk urugʻiga mansub soqchilarga topshirilgan. Mahalla 19-a. oxiri — 20-a. boshlarida „Turk — yangi shaxar“ deb atalgan. „T.“ m. Yunusobod tumani chegarasi oʻzgarishi munosabati bilan 1980 yil yangidan tashkil etilgan. Aholisi 2165 kishi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, rus, qozoq, turkman, tatar, arman, ozarbayjon va boshqalar yashaydi. Mahalla hududida 10 dan ortiq maishiy xizmat koʻrsatish maskanlari mavjud[1].

  1. Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.