Kontent qismiga oʻtish

Turku

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Turku (fin: Turku [ˈturku]) yoki Abo (shvedcha: Åbo) — Finlandiyaning jan.sharqiy qismidagi shahar. TurkuPori lyanining maʼmuriy markazi. Aholisi 172,1 ming kishi (2000). Boltik, dengizining Botnik qoʻltigʻi sohilidagi port. Transport yoʻllarining muhim tuguni. Turkudan Shvetsiyaga parom qatnaydi. Mamlakatning savdosanoat va madaniy markazi. Mashinasozlik (xususan, kemasozlik, elektronika), toʻqimachilik, neftni qayta ishlash sanoati korxonalari mavjud. Universitet, muzeylar bor. Turku 12-asr oʻrtalarida finlarning shvedlar egallagan savdo qishlogʻi oʻrnida bunyod etilgan. Turku haqidagi ilk yozma maʼlumotlar 1154-yilga oid arab manbalarida uchraydi. 13-asr oʻrtalaridan 1809-yilgacha shvedlar maʼmuriyati markazi. 1809—12 (amalda 1819-yilgacha) Turku — Finlandiya Buyuk knyazligi poytaxti. Meʼmoriy yodgorliklardan roman sobori (13 — 15-asrlar) va qasr (1280, 16—17-asrlarda qayta qurilgan) saqlangan.