Kontent qismiga oʻtish

Turkum:Portal:Adabiyot

Vikipediya, erkin ensiklopediya

BILIMNING KUCHI.

Bu dunyoga kelib nimaiki-eshitsang, nimaiki-korsang, nimaiki-topsang va nimaiki-bilsang hali bularning barchasining bir umrlik egasi emassan!

Eshitganing  yillar o‘tib esdan chiqar,

Ko‘rganlaring  zamon osha o‘zgaradi.

Topganlaring  behudaga sarf bo‘lganda,

Bilim  senga doimo yo‘ldosh boladi.

Bir zamonlar bir ustozning ikki o‘quvchisi vazirlik darajasigacha yetibdi. Kunlardan bir kuni ustoz nabirasini  qo‘lidan yetaklab shahar tashqarisidagi bir yo‘lning yonidan suv oqib o‘tgan ariq  bo‘yiga bir tup mevali  daraht ko‘chati o‘tqazib turgan ekan. Shu mahal haligi ikki vazir  ot minib aynan shu yo‘ldan o‘tib qolishibdi va ustozni ko‘rib to‘htashibdi.

Ikki vazir otlaridan tushib ustoz bilan salomlashib bo‘lgach. Savol berishibdi: - “Hurmatli ustoz ushbu mevali daraht ko‘chatini odam yashamaydigan yol chetiga ekmasdan, hovlingizga eksangiz foydali bo‘lmasmidi?   

Shunda ustoz ularga javoban  Ushbu mevali daraht ko‘chatini yo‘l chetiga ekishdan maqsad shuki, bizning shaharga kelayotgan yo‘lovchi vaqti kelib ushbu ko‘chat kattagina daraht bo‘lib, gullab, meva tugib hosil berganda soyasida dam olib mevasidan yeb rohatlanadi va ushbu darahtni ekkanga rahmatlar aytadi va ushbu ko‘chatni albatta shu shaharda yashovchilardan biri ekkan va ushbu shahar aholisi yaxshi odamlar deb baho beradi, degan ekan. Shunda vazirlardan biri  ustoz! sizning donoligingizga qoyil qolmay iloji yo‘q  deb bir halta tillo beribdi. Shunda ustoz nabirasiga qarab  ana ko‘rdingmi? Ekkan kochatimiz hali meva tugmasdan  hosil bera boshladi  debdi. Shunda ikkinchi vazir  Obbo ustoz-yey! Sizning bilimdon va topqirligingizga qoyil qolmay iloji yo‘q  deb u ham bir halta tillo berib ustozni mukofotlabdi. Shu payt ustoz vazirlarga qarab  ana kordinglarmi? Barcha darahtlar bir yilda bir marta hosil bersa, men ekkan daraht ikki marta hosil berayapti  degan ekan, shunda vazirlar ustozga qarab  bu yerdan tezroq jo‘nab qolmasak otlarimizdan ham ajralib qolishimiz tayin  deb ustozga tazim qilib shahar tomon ot choptirib ketishibdi.

Oqqorgon tuman 1-son kasb-hunar maktabi mahsus fan o‘qituvchisi.  Yusupov I.B.

Ostturkumlar

Bu turkumda faqat bitta ostturkum mavjud.

„Portal:Adabiyot“ turkumidagi sahifalar

Quyida ushbu turkumga kiruvchi 2 ta sahifadan 2 tasi koʻrsatilgan.