Kontent qismiga oʻtish

Turnabuloq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Turnabuloq
Tavsif
Uzunligi 35
Davlat Oʻzbekiston

Turnabuloq, Qizil, Qurganaksoy — Qashqadaryo viloyatidagi daryo. Yakkabogʻdaryoning chap irmogʻi. Hisor tizmasining Yakkabogʻ togʻlaridan (2500 m) boshlanadi. Yakkabogʻ qishlogʻi yaqinida (4 km) Yakkabogʻdaryoga quyiladi. Uzunligi 35 km, havzasining maydono 186 km2. Togʻlar orasidan chuqur daralardan soʻng keng vodiy boʻylab oqadi. Qor va yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha koʻp yillik suv sarfi 1,35 m3/sek. Bahorda toshadi. Mart — iyun oylarida suvi koʻpayadi, yoz oxiri va kuzda kamayadi. Ekin maydonlarini sugʻorishga sarflanadi.