Kontent qismiga oʻtish

Turon

Vikipediya, erkin ensiklopediya
xaritasi (1843 yil)

Turon — turli xil manbalarda turli maqsadlarda va maʼnolarda ishlatilgan tarixiy-geografik atama.

Ayrimlar Turon maʼnosida Movarounnahr, Turkiston, Markaziy osiyo hududlarini nazarda tutadilar. Oʻrta asrlar adabiyotlarida (Tabariy, Beruniy, Firdavsiy) Eron va Turon hududiy chegaralari Amudaryo orqali belgilanadi. Dastlab Avestoda qayd etilgan „tur“ etnonimi keyinchalik Markaziy Osiyo dasht va togʻ yerlarida yashovchi chorvador aholi bilan bogʻlangan. Olimlarning fikriga koʻra, „turlar“ tushunchasi — bu sakmassagetlarning dastlabki nomi boʻlishi mumkin. Sakmassagetlar va ularga yaqin qarindosh qabilalar mil. av. 6—4-asrlarda Oltoy va Janubiy Sibir dashtlarigacha tarqalgan. Bu hakda arxeologik maʼlumotlar ham dalolat beradi va Shinjon Uygʻur oʻlkasida saklar yozuvlarining tarqalishi ham shu fikrni tasdiklaydi. Mahmud Koshgʻariyning taʼkidlashicha, Uygʻuristonning Qashqar tumanida „kansak“ tili saqlangan edi. Sharqiy Turkistondagi Xotan vohasidan topib tekshirilgan yozuvlar „xotansak“ hujjatlari nomi bilan atalgan. Demak, Turon — faqat Oʻrta Osiyo hududining qadimgi atamasi degan xulosa bahslidir. „Turon“, „turonliklar“ yurti tushunchasini keng hududlar bilan bogʻlash mumkin. Oʻrta asr mualliflari ham „Turon“ geografik tushunchasini turlicha tasdiqlaydilar. Baʼzi tarixchi va geograflarning aytishicha, Turon — bu turklar, turkiy qabilalarning yurti degan maʼnoni bildirib, keyinchalik „Turkiston“ tushunchasiga aylangan. Akademik. A. Muhammadjonovshnt fikricha, „Turon“ atamasi sugʻdcha — yer, tuproq, dala va dasht kabi maʼnolarni bildirgan. Shunga koʻra, „Turon“ toponimi pasttekislik, dalayu dashtliklar, yaʼni keng yaylovlar degan maʼnoni anglatgan.

  • Bartolʼd V. V. Raboty po istorii i filologii tyurkskikh i mongolʼskikh narodov / V. V. Bartolʼd; Podgot. k izd. S. G. Klyashtornyy; Otv. red. A. N. Kononov. — Perepech. s izd. 1968 g. — M.: Vost. lit., 2002