Tursun Bumatov
Tursun Bumatov | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1925-yil Samarqand |
Siyosiy partiyasi | KPSS |
Tursun Bumatov (1925-yil, Paxtachi tumani, Samarqand viloyati – vafoti nomaʼlum) – sovet xoʻjaligi, davlat va siyosiy arbobi, Oʻzbekiston SSR Samarqand viloyati Paxtakor tumanidagi „Leninchi chorvodar“ kolxozining kolxozchisi. Sotsialistik Mehnat Qahramoni[1].
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]1925-yili (boshqa maʼlumotlarda – 1927) Oʻzbekiston Respublikasi Samarqand viloyati, hozirgi Paxtachi tumani, Qarnab qishlogʻida dehqon oilasida tugʻilgan. Millati oʻzbek.
Boshlangʻich taʼlim olgan. 1940-yilda mehnat faoliyatini boshlagan. 1941–1942-yillarda kolxozda choʻpon boʻlib ishlagan. 1942–1944-yillarda Sovet Armiyasi saflarida xizmat qilgan. Ulugʻ Vatan urushi qatnashchisi.
1944-yildan Oʻzbekiston SSR (hozirgi Oʻzbekiston Respublikasi) Samarqand (1973-yil dekabrdan Jizzax) viloyati Paxtakor tumanidagi „Leninchi chorvodar“ kolxozida kolxozchi, soʻngra katta choʻpon boʻlgan. 1956-yilda u KPSS aʼzoligiga qabul qilindi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1957-yil 11-yanvardagi Farmoni bilan sovet paxtachiligini rivojlantirishda erishilgan ulkan muvaffaqiyatlar, paxta yetishtirishda fan yutuqlari va ilgʻor tajribadan keng foydalanilgani va yuqori hosil olish paxta xomashyosidan barqaror hosil olish uchun Bumatov Tursun Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni bilan Lenin ordeni va „Oʻroq va „Bolgʻa“ oltin medali bilan taqdirlangan.
SSSR Oliy Kengashining 5 va 6-chaqiriqlari deputati (1958–1966). KPSS XXI qurultoyi delegati (1959).
Jizzax viloyati (Oʻzbekiston) Paxtakor tumanida yashagan.
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tursun Bumatov „Oʻroq va bolgʻa“ oltin medali (01.11.1957), Lenin ordeni (01.11.1957), II darajali Vatan urushi ordeni (03.11.1985), „Vladimir Ilich Lenin tavalludining 100 yilligi munosabati bilan“ medali (1970-yil 6-aprel), „Jasoratli mehnati uchun“ medali, „1941–1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushida Germaniya ustidan qozonilgan gʻalaba uchun“ medali (1945-yil 9-may), „1941–1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushidagi gʻalabaning yigirma yilligi“ yubiley medali (1965-yil 7-may), „1941–1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushidagi gʻalabaning 30 yilligi“ yubiley medali[2], „1941–1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushidagi gʻalabaning 40 yilligi“ medali[3], „Mehnat faxriysi“ medali, „Sovet armiyasi va dengiz flotiga 30 yil“ medali, „SSSR Qurolli Kuchlariga 40 yil“ yubiley medali, „SSSR Qurolli Kuchlariga 50 yil“ yubiley medali (1967-yil 26-dekabr)[4], „SSSR Qurolli Kuchlariga 60 yil“ yubiley medali (1978-yil 28-yanvar)[5]), „SSSR Qurolli Kuchlariga 70 yil“ yubiley medali (1988-yil 28-yanvar)[6]), SSSR Mudofaa vazirligining „Ulugʻ Vatan urushidagi Gʻalabaning 25 yilligi“ koʻkrak nishoni (1970-yil 24-aprel) mukofotlari bilan taqdrilangan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Sovet Ittifoqi Kommunistik Partiyasi aʼzolari
- Ulug‘ Vatan urushidagi g‘alabaning 25 yilligi nishoni sohiblari
- Mehnat faxriysi medali sohiblari
- Ulugʻ Vatan urushidagi gʻalabaning 40 yilligi medali sohiblari
- Ulugʻ Vatan urushidagi gʻalabaning 30 yilligi medali sohiblari
- Ulugʻ Vatan urushidagi gʻalabaning 20 yilligi medali sohiblari
- „1941-1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushida Germaniya ustidan qozonilgan gʻalaba uchun“ medali sohiblari
- Vatan urushi 2-darajali ordeni sohiblari
- Lenin ordeni sohiblari
- Sotsialistik Mehnat Qahramonlari
- Paxtachi tumanida tugʻilganlar
- 1925-yilda tugʻilganlar