Achitqidoshlar
Qiyofa
(Turushdoshlardan yoʻnaltirildi)
Achitqidoshlar, turushdoshlar (Saccharomycetaceae) – xaltachalilar sinfining bir hujayrali zamburugʻlar oilasi. Koʻpchiligi kurtaklanib, ayrimlari boʻlinib urchiydi. Maʼlum sharoitda ularda sporali xaltachalar yuzaga keladi. Hujayralari juda mayda, faqat mikroskop yordamida koʻrish mumkin, anaerob sharoitda qand moddalarining spirtli achishiga sabab boʻladi, bunda qand moddalari etil spirt bilan karbo-nat angidridga ajraladi. Achitqidoshlar qadimdan xamir, pivo, vino (may) va spirt tayyorlashda qoʻllanilib kelingan. Oqsil, yogʻ va turli vitaminlarga boy boʻlganligidan oziq-ovqat va farmatsevtika sanoatida foydalaniladi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |