Kontent qismiga oʻtish

Tutkovul

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Tutkovul — Janubiy Tojikistondagi (Nurek shahridan jan.da) qad. manzilgoh xaro-basi. Maydoni taxminan 1 ga. 1963—69 yillarda qazish ishlari olib borilgan. Mezolit (mil. av. 10—9-ming yillik) va neolit (mil. av. 7 — 5-ming yillik) davrlariga oid qatlamlar aniqlangan. Topshan yasalgan yarim aylana oʻchoqlar, tosh parchalaridan terib ishlangan "turar joy maydonchalari" chiqqan. Sopol buyumlar uchramagan. Neolit davri qatlamlari uchun butun, yaxlit tosh va tosh parchalaridan yasalgan qoʻpol qurollar, mikrolit koʻrinishidagi kremniydan ishlangan asboblar xos. mezolit davri qatlamidan esa koʻplab geometrik shakldagi (trapetsiyasimon) qurollar chiqqan. Neolit qatlami os-tidan ayol va 3 goʻdakning bosh suyaklari topilgan, ularning barchasi yev-ropeoid irqqa xos. T. aholisi neolit davrida ibtidoiy chorvachilik bilan shugʻullangan.