Tuygʻunoy Yunusxoʻjayeva
Qiyofa
Tuygʻunoy Yunusxoʻjayeva (1922.26.7 — Toshkent — 1998.16.11) — diktor. Oʻzbekiston xalq artisti (1953). Toshkent pedagogika institutini tugatgan (1958). 1940-41 yillar Radio qoʻmitasida diktor, beriladigan eng muhim eshittirishlar, mumtoz va zamonaviy sheʼriyat boʻstoni, shuningdek, adabiy namunalarni kuchli hishayajon, aniq talaffuz, shirali ovoz va mahorat bilan oʻqigan. Navoiy, Bobur gʻazallari, Umar Xayyom ruboiylari, Nodirabegim, Uvaysiy, Furqat, Lutfiy, Zebunniso lirikasi Yu. ijrosida Oʻzbekiston radiosining oltin fondiga qabul qilingan. Yu. Oʻzbekistonda badiiy nutq madaniyatini oshirishga katta hissa qoʻshgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |