Txtng: the Gr8 Db8
Qiyofa
Txtng: Gr8 Db8 — tilshunos Devid Kristal tomonidan yozilgan kitob hisoblanadi. Ushbu kitobda asosan matnli xabarlar va ularning zamonaviy koʻrinishlari, qisqartmalar savodxonlikka taʼsiri haqida fikr boradi.
Kitobning sarlavhasi logogramma boʻlib, u Texting: The Great Debate (Matnli xabarlashuv: buyuk munozara) degan maʼnoni anglatadi. Kristal oʻz kitobida matnli xabarlardan foydalanish va uning til va savodxonlikka taʼsirini oʻrgangan. Tadqiqotlar va eksperimental natijalarga asoslanib, u SMS tilidagi kabi qisqartmalar va jargonlardan foydalanish, bolalarning savodxonligi pasayishiga va notoʻgʻri imloga olib keladi degan mashhur fikrlarga qoʻshilmaydi.[1]
Asosiy fikrlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kristal oʻz kitobida quyidagi fikrlarni ilgari surgan:[2]
- Odatda, matnli xabarlarda soʻzlarning 10% dan kamrogʻi qisqartiriladi.
- Qisqartirish yangi tilni yaratish emas; aksincha, u koʻp oʻn yillar davomida mavjud boʻlib kelgan.
- Bolalar ham, kattalar ham SMSlashish tilidan foydalanadilar, kattalarni shu yoʻldan foydalanish ehtimoli koʻproq.
- Talabalar odatda uy vazifasi yoki imtihonlarida qisqartmalardan foydalanmaydilar.
- Matnli xabarlarni yuborish notoʻgʻri imloning kelib chiqishiga olib kelmaydi, chunki odamlar matnli xabar yuborishdan oldin soʻzlarni qanday yozishni bilishlari kerak.
- Matnli xabarlarni yuborish odamlarning savodxonligini oshiradi, chunki bu odamlarga oʻqish va yozish orqali oʻz tillari bilan shugʻullanish imkoniyatini beradi. Ushbu holat, ayniqsa, maktab yoshidagi bolalar uchun judayam foydali.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „The Times Review, Txtng: The Gr8 Db8“. 2011-yil 16-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 13-avgust.
- ↑ David Crystal’s Blog
Qoʻshimcha oʻqish uchun
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Crystal, David (2008). Txtng: The Gr8 Db8. Oxford University Press. ISBN 978-0-19-954490-5
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |