Tyantai

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tyantai - (Tyantay ibodatxonasi nomidan olingan) “Xinayana” (kichik g‘ildirak) va “maxayana” (katta g‘ildirak) oqimlarining milliy qadriyatlar va boshqa dinlar bilan sintezlashishi va kengayishi natijasida milodning VII asrida Xitoyda vujudga kelib, XIV asrga qadar faoliyat ko‘rsatgan buddaviylikning yana bir yo‘nalishi sifatida faoliyat ko‘rsatgan. Unda “Budda hamma joyda, hamma narsada, hattoki jonsiz narsalarda ham mavjud bo‘lib, ularda Budda - tabiatning bir bo‘lagi mavjud” ekanligi uqtiriladi. Tyantay yo‘nalishining yirik vakili Chji-I fikricha, “bu dunyodagi hamma narsa haqiqiy emas, faqat bo‘shliqdan iborat bo‘lib, vaqtinchalik mavjuddir. Olamdagi barcha narsa yolg‘iz mazmundadir. Budda hatto mayda qum zarrachalarida ham mavjud bo‘lishi va oxirida esa har bir insonning hayoti Budda hayotining bir qismi bo‘lishi mumkin”[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Najmiddinov, Karimov, Turdiyeva 2017, s. 379.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Najmiddinov J., Karimov J., Turdiyeva D.. Dinshunoslik. Qomusiy lugʻat. Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti, 2017 — 480 bet. ISBN 978-9943-5105-3-1.