Tyler Graovac

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tyler Graovac
Graovac Iowa Wild klubida 2014-yil
Tugʻilgan joyi 27-aprel 1993-yil (1993-04-27) (31 yosh)
Brampton, Ontario, Kanada
Boʻyi 6 ft 5 in (196 cm)
Ogʻirligi 212 lb (96 kg; 15 st 2 lb)
Pozitsiyasi hujumchi
KHL
Sobiq jamoalar
HC Vityaz
Minnesota Wild
Washington Capitals
Vancouver Canucks
Dinamo Minsk
NHLga kirish drafti 191-oʻrindagi tanlov, 2011
Minnesota Wild
Jamoalardagi faoliyat 2013—hozirgacha

Tyler Graovac (talaffuzi: Tayler Graovak) (1993-yil 27-aprelda tugʻilgan) — kanadalik professional xokkeychi. Hozirda Tyler Graovac Kontinental xokkey ligasi (KHL) vakili „HC Vityaz“ xokkey jamoasi safida oʻynamoqda. Tyler Graovac „Minnesota Wild“ xokkey jamoasi safiga 2011-yilgi NHL kirish loyihasining 7-turida umumiy 191-oʻrindagi tanlov asosida qabul qilingan edi[1].

Oʻyin faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tyler Graovac Ontario xokkey ligasida (OHL) „Ottawa 67’s“ va „Belleville Bulls“ xokkey jamoalarida toʻrt mavsum davomida oʻynadi. Tyler Graovac OHLdagi 228 oʻyinida jami 58 gol, 72 golli uzatma va 76 penalti qayd etdi. Tyler Graovac OHLning eng yaxshi oʻyinchisi sifatida William Hanley kubogi bilan taqdirlangan edi[2].

2013-yil 2-aprelda „Minnesota Wild“ xokkey jamoasi Tyler Graovac bilan 750 000 dollarlik uch yillik ikki tomonlama boshlangʻich darajadagi shartnoma imzoladi[3].

2014—2015 mavsumida Tyler Graovac NHLdagi ilk oʻyinini 2014-yil 29-dekabrda „Winnipeg Jets“ xokkey klubiga qarshi „Minnesota Wild“ xokkey jamoasi safida oʻtkazdi[4].

2016-yil 5-oktyabrda Tyler Graovac „Minnesota Wild“ xokkey klubini tark etdi[5].

2017-yil 14-iyun kuni Tyler Graovac „Washington Capitals“ xokkey klubi safiga qoʻshildi[6]. Tyler Graovac 2017—2018-yilgi mavsumni klubning asosiy jamoasi safida boshladi, ammo u, keyinchalik, klubning AHL filiali „Hershey Bears“ xokkey klubi safiga yuborildi.

2018-yilning 1-iyulida klubni erkin agent sifatida tark etgan Tyler Graovac „Calgary Flames“ xokkey klubi bilan bir yillik ikki tomonlama shartnoma imzoladi[7]. 2018—2019-yilgi mavsumda Tyler Graovac „Calagary Flames“ xokkey klubining AHLdagi filiali „Stockton Heat“ xokkey klubi bilan oʻynadi.

2019-yil 1-iyulda Tyler Graovac Kanadaning boshqa klubi „Vancouver Canucks“ xokkey jamoasi bilan bir yillik ikki tomonlama shartnomaga rozi boʻldi[8]. 'Vancouver Canucks" klubining oʻquv-mashgʻulot yigʻinidan soʻng, Tyler Graovac klubning AHL filiali „Utica Comets“ xokkey klubi safiga yuborildi[9].

2021-yil 26-iyulda Tyler Graovac Belarussiyaning Kontinental xokkey ligasi (KHL) klubi "Dinamo Minsk" xokkey klubi bilan bir yillik shartnomaga rozilik berib, xorijdagi birinchi shartnomasini imzoladi[10].

„Dinamo Minsk“ klubi bilan shartnomasini tugatgandan soʻng, Graovac 2022-yil 27-iyulda bir yillik shartnoma asosida Rossiyaning „HC Vityaz“ xokkey klubiga oʻtdi[11].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muntazam mavsum Pley-off oʻyinlari
Mavsum Klub Liga Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti
2009—2010 Ottawa 67’s OHL 52 2 7 9 17 12 0 0 0 2
2010—2011 Ottawa 67’s OHL 66 10 11 21 10
2011—2012 Ottawa 67’s OHL 50 8 19 27 31 18 4 6 10 12
2012—2013 Ottawa 67’s OHL 30 21 14 35 8
2012—2013 Belleville Bulls OHL 30 17 21 38 10 15 6 16 22 17
2013—2014 Iowa Wild AHL 64 13 12 25 29
2014—2015 Iowa Wild AHL 73 21 25 46 26
2014—2015 Minnesota Wild NHL 3 0 0 0 0
2015—2016 Minnesota Wild NHL 2 0 0 0 0
2015—2016 Iowa Wild AHL 39 5 11 16 20
2016—2017 Iowa Wild AHL 26 10 5 15 15
2016—2017 Minnesota Wild NHL 52 7 2 9 10
2017—2018 Washington Capitals NHL 5 0 0 0 2
2017—2018 Hershey Bears AHL 53 12 17 29 12
2018—2019 Stockton Heat AHL 65 24 26 50 37
2019—2020 Utica Comets AHL 11 2 1 3 2
2019—2020 Vancouver Canucks NHL 8 2 0 2 2
2020—2021 Manitoba Moose AHL 9 2 7 9 0
2020—2021 Vancouver Canucks NHL 14 3 1 4 6
2021—2022 Dinamo Minsk KHL 44 11 15 26 24 4 0 1 1 4
NHL jami 84 12 3 15 20
KHL jami 44 11 15 26 24 4 0 1 1 4

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Could Tyler Graovac be the next great coup by the Minnesota Wild?“. State of Hockey News (2012-yil 5-aprel). 2014-yil 15-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 5-aprel.
  2. „Bayshore Broadcasting News Centre — Graovac Most Sportsmanlike“. 2018-yil 23-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 2-dekabr.
  3. „Wild Sign Tyler Graovac To ELC“. Hockey Wilderness.com (2013-yil 2-aprel). 2013-yil 4-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 2-aprel.
  4. „Granlund undergoes wrist surgery; Graovac's NHL debut; Bigtime message to Haula; Hackett on waivers and lots more“. Minnesota Star Tribune (2014-yil 29-dekabr). Qaraldi: 2014-yil 29-dekabr.
  5. „#mnwild has assigned Jordan Schroeder, Alex Tuch, Kurtis Gabriel and Hunter Warner to @iawild and placed Tyler Graovac on waivers.“. Twitter.com (2016-yil 5-oktyabr). Qaraldi: 2016-yil 5-oktyabr.
  6. „Capitals acquire Tyler Graovac from Minnesota“. Washington Capitals (2017-yil 14-iyun). 2018-yil 2-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 14-iyun.
  7. „Flames sign Graovac, Quine“. Calgary Flames (2018-yil 1-iyul). Qaraldi: 2018-yil 1-iyul.
  8. „Canucks sign center Tyler Graovac“. Vancouver Canucks (2019-yil 1-iyul). Qaraldi: 2019-yil 1-iyul.
  9. „Oilers 3, Canucks 2: No margin for error against the dynamic duo“. The Province (2019-yil 1-dekabr). Qaraldi: 2019-yil 5-dekabr.
  10. „Canadian forward Tyler Graovac joins Dinamo“ (Russian). HC Dinamo Minsk (2021-yil 26-iyul). Qaraldi: 2021-yil 26-iyul.
  11. „Vityaz sign contract with Graovac“ (Russian). HC Vityaz (2022-yil 27-iyul). Qaraldi: 2022-yil 27-iyul.