Tyubaj
Tyubaj (fransuzcha:tubage – trubka, zond, intubatsiya) – oʻt pufagining baʼzi kasalliklarida safro (oʻt suyuqligi) ajralib chiqishini yaxshilaydigan va safro turib qolishini bartaraf etadigan muolaja turi. Uy sharoitida tyubaj faqat shifokor tavsiyasi bilan amalga oshiriladi[1]. Ushbu protsedura oʻt yoʻllarining diskinezi, xolelitiyoz bilan bogʻliq boʻlmagan surunkali xoletsistit, safro turgʻunligi bilan kechadigan gepatit, surunkali pankreatit, duodenit, shuningdek, opistorxozdan keyingi reabilitatsiya davrida qoʻllanadi[2][3].
Jarayon
[tahrir | manbasini tahrirlash]Koʻpincha shifokor nahorga soda eritmasi (yarim stakan suvga 1-2 choy qoshiq) ichishni tavsiya qiladi. Bundan keyin oʻng biqinda yotib, oʻng qovurgʻa ustiga sochiqqa oʻralgan gorelka qoʻyib qoʻyish kerak. Bu holatda 45 daqiqa yotish keyin bir stakan magniy sulfat eritmasi (1 stakan qaynatilgan iliq suvga 1 choy qoshiq magniy sulfat qoʻshib) ichib, oʻng biqinga garelka qoʻyilib yana 30 daqiqa yotiladi. Bundan keyin asta-sekin ½-1 stakan 40-50° darajagacha ilitilgan mineral suv ichish va shu holatda yana 45 daqiqa yotish tavsiya qilinadi. Bu holat bir necha marotaba qaytarilgandan soʻnggina ijobiy natija koʻrsatishi mumkin. Muolaja davomiyligi shifokor tomonidan belgilanadi.
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tyubajga oʻtkir kasalliklar va tosh xoletsistitida tavsiya qilinmaydi, u surunkali jarayonning kuchayishiga (xoletsistit, pankreatit, gepatit, eroziv duodenit, oshqozon yarasi) sabab boʻlishi mumkin. Shuningdek, nazofarenks (farenksin burun qismi), qiziloʻngach, ishemik va gipertoniyaning ogʻir shakllari, jigar portal sirrozi singari kasalliklarda qoʻllanilishi taqiqlanadi.
Mazkur muolajani shifokor ruhsatisiz amalga oshirish tavsiya etilmaydi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 Salomatlik ensiklopediyasi, 1985-yil — 429-bet.
- ↑ „Тюбаж“, 1. Малая медицинская энциклопедия. — М.: Медицинская энциклопедия. 1991—96 гг. 2. Первая медицинская помощь. — М.: Большая Российская Энциклопедия. 1994 г. 3. Энциклопедический словарь медицинских терминов. — М.: Советская энциклопедия. — 1982—1984 гг.
- ↑ „тюбаж“, Большой медицинский словарь, 2000.