Kontent qismiga oʻtish

Tyumen

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

TyumenRossiya Federatsiyasi Tyumen viloyatidagi shahar, viloyat markazi. Tura daryosidagi port. Temir yoʻl tuguni. Aholisi 861 ming kishi (2024).

T. Sibirda ruslar egallagan dastlabki shahar, 1586-yilda moʻgʻullar shahri Chingi Tura oʻrnida (14-asrdan maʼlum) vujudga kelgan. 1709-yildan Sibir gubernyasi, 1782-yildan Tobol noibligi tarkibida. 17-asrdan T. Sibir bilan Xitoy savdo yoʻlidagi muhim tranzit punkti. 19-asrning 40-yillarida Sibirda dare paroxodchiligi ochilishi va 1885-yilda Yekaterinburg — T. temir yoʻl qurilishi munosabati bilan T.ning iqtisodiy ahamiyati oʻsdi. 19-asrning 2yarmida T.da kemasozlik, oʻrmon va baliq sanoatlari, gilam toʻqish keng rivojlandi. Shahar orqali don, un, koʻn va boshqa tashildi.

Muhim sanoat tarmoklari: mashinasozlik va metallsozlik (motorsozlik ishlab chiqarish. birlashmasi; kemasozlik, mashinasozlik, priborsozlik, stanoksozlik, "Neftemash" va boshqa zavodlar), yogʻochsozlik, kimyo, yengil, oziq-ovqat sanoatlari, qurilish mashinalari, plastmassa, tibbiyot asbobuskunalari korxonalari va boshqa zdlar ishlab turibdi. Kamvolmovut kti, poʻstinmoʻyna, yigiruvtoʻr toʻqish, gilam, tikuvchilik, poyabzal fkalari bor. 1960-yilda elektr issiqlik markazi ishgatushirilgan. T. — neftgaz qazib olish sanoati markazi. T.dan neft quvurlari oʻtgan. Shaharda 6 oliy oʻquv yurti (shu jumladan, unt), 2 teatr, oʻlkashunoslik muzeyi (1879-yilda tashkil qilingan), geologiya, neft va gaz muzeyi, kartinalar galereyasi faoliyat koʻrsatadi.